Yelena Podgurskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Podgurskaya Yelena Genrixovnadan yoʻnaltirildi)

Yelena Genrixovna Podgurskaya (1896, Moskva — 1968.30.9, Toshkent) — koʻgʻirchoq teatri rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Moskvadagi Stroganov badiiy bilim yurtining haykaltaroshlik boʻlimini tugatgan (1918). 1929-yildan Toshkentda. Dastlab Yosh tomoshabinlar teatrida, 1929-yildan Respublika pio-nerlar saroyi qoshidagi Davlat qoʻgʻir-choq teatrida, 1939-yildan Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rassom. P. teatrda sahnalashtirilgan spektakllarni badiiy bezab, spektakllar ruhiga moye qoʻgʻirchoqlar yaratishga, milliy kolo-ritni aniq berishga intildi. Uzbek ("Ur, toʻqmoq", "Sehrli chanoq", "Ziyod botir" va boshqalar), rus ("Ulik malika va yetti bahodir haqida ertak", "Alyonushka opa va Ivanushka uka", "Qor mali-kasi" va boshqalar), arab ("Alibobo va qirq qaroqchi"), chex ("Irjik bahodir") va boshqa xalklar ertaklari asosida va boshqa mavzularda yaratilgan spektakllarga rassomlik qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil