Poʻlat Zokirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Poʻlat Qodirovich Zokirovdan yoʻnaltirildi)

Poʻlat Qodirovich Zokirov (1932.15.1, Jalolobod – 1993.21.10, Toshkent) — geobotanik, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1989), biol. fanlari doktori (1971), prof. (1983), Q. Zokirovning oʻgʻli. Urta Osiyo universitetini tugatgan (1954). Oʻzbekiston FA Botanika institutida ilmiy xodim (1957–68), labratoriya mudiri (1969–82), ToshDU yuksak oʻsimliklar kafedrasi prof. (1983–85), Oʻzbekiston FA Botanika bogʻi direktori (1985–93). Oʻsimlik xom ashyolari, oʻtloklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, geobotanik rayonlashtirish va haritalar tuzish ustida tadqiqot olib borgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil