Pnevmatik pochta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pnevmatik pochta (yun. pneumatikos — havoga oid) — pnevmotransportnmnt turli hujjat va mayda narsalarni havo oqimi yordamida quvur boʻylab tashiydigan turi. Birinchi Pnevmatik pochta 1853 yil London telegrafida qurilgan. Pnevmatik pochta qurilmasining asosiy elementlari: quvurlar, konteynerlar, qabul qilishtarqatish qurilmalari va havo haydagich. Pnevmatik pochtaning ichki (bino ichida ishlatiladigan) va tashqi (shahardagi korxona va muassasalarni bogʻlaydigan) xillari bor. Ichki Pnevmatik pochta quvurlari ichki diametri 50–120 mm li quvurlardan yaxlit qilib ishlanadi. Quvurlar latun, dyuralyuminiy, poʻlat, polixlorvinildan yasaladi.

Tashqi Pnevmatik pochta qurilmalarida yerga koʻmilgan 65–1000 mm diametrli poʻlat, plastmassa yoki asbest-sement quvurlardan foydalaniladi. Ular bilan qoʻshni styalar orasidagi masofa bir necha km gacha, umumiy uzunligi esa bir necha yuz km gacha boradi.

Pnevmatik pochta styalari toʻgʻri, radial va halqasimon sxemalarda biriktiriladi. Pnevmatik pochtadan aloqa korxonalari, kutubxo-nalar va boshqa muassasalarda hujjatlar-ni, kasalxonalarda kasallik tarixi va doridarmonlarni, sanoat korxonalaridagi laboratoriyalarda esa detallar, asboblar va namunalarni tashishda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil