Plastinka moʻylovlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Plastinka mo‘ylovlilardan yoʻnaltirildi)

Plastinka moʻylovlilar (Sca-rabaeidae) — qoʻngʻizlar oilasi. Uzunligi 2 mm dan 150 mm gacha (gerkules). Moʻylovlari tizzasimon, uchki qismi plastin-kasimon, baʼzan qadahsimon boʻlib, yelpigʻichga oʻxshash taxlanadi. Oldingi oyogʻi (koʻpincha boshining oldingi qir-rasi) yerni kavlashga moslashgan. Ayrim turlarining erkagi boshida va yelkasi oldida shoxlari va boʻrtiklari boʻladi. Qurtlari oqish, yoʻgʻon; jagʻlari yaxshi rivojlangan, oyoqlari 3 juft, gavdasi S shaklida egilgan. 15 mingdan 20 minggacha, jumladan, Oʻzbekistonda 200 dan ortiq turi uchraydi. Ayniqsa, tropikada koʻp. Plastinka moʻylovlilar 2 ta ekologik guruh: goʻngxoʻrlar va skarabeylarga boʻlinadi. Koʻpchilik Plastinka moʻylovlilar tabiatda mod-dalar aylanishi va tabiiy sanitarlar sifatida (goʻngxoʻr qoʻngʻizlar) katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil