Planula
Jump to navigation
Jump to search
Planula (lot. planus — yassi) — koʻpchilik boʻshliqichlilarning 2 qavatli pelagik lichinkasi. Tuxumdan rivojlanadi yoki parenximula davrini oʻtadi. Epiteliysi endodermada joylashganligi va gastral boʻshligʻining boʻlishi bilan parenximuladan farq kiladi. Ektodermasi ixtisoslashgan xivchinli epiteliy hujayralaridan iborat. Gavda boʻshligʻini endoderma oʻrab turadi. P. bir necha vaqt suvda suzib yuradi; keyinroq suv tubiga yopishib olib, polipga aylanadi. P. tubullariyalar va traximeduzalarda aktinula davrini oʻtgach, voyaga yetadi (yana q. Boʻshliqichlilar).[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |