Plantaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Plantaj, tuproqni plantaj plug bilan ishlash (lot. planto — oʻtqazmoq) — koʻchatzor, tokzor va bogʻ barpo etiladigan yerni plantaj plugda 40—100 sm chuqurlikda haydash. Tokzor, koʻchatzor, oʻrmonzor qilinadigan, mevali daraxtlar ekiladigan yer may-donlarini haydashda, shuningdek, shoʻrxok va qumloq yerlarni oʻzlashtirishda P. usulidan foydalaniladi. Bu usul ekilgan koʻchatlar ildizining yaxshi rivojlanishiga, tuproqda suv rejimining yaxshilanishiga yordam be-radi. Akad. M.V.Muhammadjonov tomonidan gʻoʻza-beda almashlab ekishda hay-dov qatlamini chuqurlashtirish (SO-SO sm) ekinlar hosildorligini oshirish imkoniyatini yaratuvchi "ikkinchi qoʻriq", tuproq unumdorligini taʼminlashning usullaridan biri sifa-tida asoslab berilgan. Plantaj pluglarga chimqirqarlar, har xil balandlikda joylashtirilgan qoʻsh korpuslar va boshqa qismlar oʻrnatiladi; bu qismlar tuproqni chuqur yumshatgani holda uning pastki qatlamini yuzaga chiqarmaydi. Yer 2—3 qatlamli qilib, chuqur haydaladi. Shu bilan bir vaqtda yerga organik va mineral oʻgʻitlar ham solib ketiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil