Plank Maks Karl Ernst Lyudvig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PLANK (Planck) Maks Karl Ernst Lyudvig (1858.23.4, Kil - 1947.4.10, Gyottingen) — nemis nazariyotchi fizigi, kvant nazariya asoschilaridan biri. Berlin FA aʼzosi (1894 y.dan). Myunxen (1874—77) va Berlin (1877—78) universitetlarida oʻqigan. Myunxen universitetida oʻqituvchi (1880— 85), Kil (1885 y.dan) va Berlin (1889 y.dan) universitetlari prof., London Qi roll i k ja-miyati aʼzosi (1926). Ilmiy ishlari termodinamika va issiqlik nurlani-~ shiga oid. Termodinamikaning ikkinchi qonunini asosladi (1879) va koʻpgi-na fizikkimyoviy jarayonlarni yechishda, xususan, gazlar va kuchsiz eritmalar dissotsiatsiyasiga termodinamika qonunlarini tatbiq qildi (1883—88). 1900 y.da nur chiqarayotgan tizim — ossillyatorning nurlanishi uzlukli kattalik (hv) ekanligini faraz qildi (bunda v — nurlanish chastotasi, h — taʼsir kvanti yoki Plank doimiysi). P. shu farazga asoslanib, klassik fizikaga tatbiq etib boʻlmaydigan mutlaq qora jismning elektromagnit nurlanishi spektrida energiya taqsimoti (Plank nurlanish krnuni)ni ifodalovchi formulani topdi. Plank doimiysining kiritilishi kvant fizika rivojlanishining boshlangʻich davri boʻldi.

P.ning nazariy tadqiqotlarida nisbiylik nazariyasiga oid ishlar muhim oʻrinni egallaydi. Xususan, u relyati-vistik dinamikaning tenglamasini keltirib chikardi (1906), termodina-mikani maxsus nisbiylik nazariyasi miqyosida tekshirib, u toʻgʻrisida umumiy xulosalar chiqardi. P. fizika me-todologiyasiga doyr juda koʻp ishlar qilgan. U koʻp jildli nazariya fizika kursi muallifi. Nobel mukofoti laureata (1918).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil