Pirofillit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pirofillit (yun. rug — olov, phyllon — yaproq; qizdirilganda yupqa yaproqsimon boʻlakchalarga ajraladi) — qatqat silikatlar sinfiga mansub mineral. Al2[Si4O10](OH)2. A1 qisman Mg, Gʻe bilan almashadi, aralashma holida MgO, FeO, Fe2O3 mavjud. Rangi och yashil, sargʻish, kulrang va oq. Qattiqligi 1—2, zichligi 2650—2900 kg/m3. Oʻtga va kislotaga chidamli. Monoklin singoniyali, yaproqsimon agregatlar hosil qiladi. Konlari metamorfik jinslar bilan bogʻliq boʻlib, pirofillitli slanets va zich agalmatolit uyumi holida uchraydi. Yaxshi izolyator, kimyoviy reaksiyalarga chidamli. Sanoatda yuqori glinozyomli material sifatida oʻtga va kislotaga chidamli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bezak toshi sifatida ham ahamiyati bor. Rossiya Federatsiyasi (Ural janubi), Ukraina, XXR, AQSH va Braziliyada konlari bor. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil