Pir Shoh Jevna

Shoh Jevna (Pir Shoh Jevna Mahbub Alam Naqvi al-Buxoriy nomi bilan ham tanilgan) – 15-asr avliyosi va naqvi sayyid. Hijriy 895-yili (milodiy 1493) Kannauj shahrida tugʻilgan. Jaloliddin Surx-Posh Buxoriyning bevosita avlodi, otasi Sayyid Sadruddin Shoh Kabir Naqvi al-Buxoriy shoh Sikandar Lodiyning bosh maslahatchisi boʻlgan[1].
Maxdum Jahanian Jahangast vafotidan keyin Shoh Jevnaning ajdodlari Kannaujga koʻchib oʻtishgan[2]. Jevna Kannaujdan Shoh Jevnaga (uning nomi bilan atalgan shaharcha) koʻchib borgan. U yerga joylashgunga qadar, bu joy kimsasiz boʻlgan. Maxdum Jahanian masjidi hamon Kannaujda mavjud[3]. Shoh Jevna hijriy 971-yilda (milodiy 1569) Boburiylar imperatori Jaloliddin Akbar hukmronligi davrida vafot etgan. Jevnaning avlodlari hozirgacha Hindiston va Pokistonning turli hududlarida istiqomat qiladi[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pir-e-Kamil Hazrat Pir Shah Jewna Al-Naqvi Al-Bokhari“ (en). www.thenews.com.pk. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
- ↑ „Hazrat Pir Shah Jewna Al-Naqvi Al-Bokhari“. www.janathimessage.co.uk. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
- ↑ „Makhdoom Jahaniya, mohalla shekhana kannauj“. indiapl.com. Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
- ↑ „Glories of Hazrat Pir shah Jewana“ (en). www.thenews.com.pk. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
- ↑ „Indian Journal Of Archaeology“. ijarch.org. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
| Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |