Pir Hoji Ali Shoh Buxoriy
Sayyid Pir Hoji Ali Shoh Buxoriy | |
|---|---|
Bobo Hoji Ali Kubroviyya | |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | 14-asr, O'zbekiston |
| Vafoti |
15-asr, Mumbay |
| Dini | Islom |
| Millati | o'zbek |
Sayyid Hoji Ali Shoh Buxoriy yoki Bobo Hoji Ali - Kubroviyya tariqatiga mansub, hoji, oʻzbekistonlik badavlat savdogar oilasida tugʻilgan. Uning Hoji Ali Dargohdagi ziyoratgohi Hindistonning eng yirik shahri Mumbayda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyid Hoji Ali Shoh Buxoriy badavlat savdogar edi. U Mir Sayyid Ali Hamadoniy bilan birga Samarqanddan kelgan. Hoji Ali Shoh Ali Hamadoniyning shogirdi boʻlgan. Dehli sultonligi Vorli oroliga hukmronlik qilgan davrda, Pir Sayyid Hoji Ali u yerga kelib oʻrnashgan. Koʻplab rivoyatlarga koʻra, Sayyid Hoji Ali Shoh Buxoriy Makkaga safar qilayotganda kasal boʻlib vafot etgan va uning iltimosiga binoan, izdoshlari uning jasadini dengizga tashlashgan. Ilgari hayotida Pir bir kambagʻal ayolga barmogʻini yerga tiqib, yogʻ olishiga yordam bergan ekan. Bu harakat keyinchalik uni shunchalik afsus-nadomatga soldiki, u yer yuziga boshqa zarar yetkazishni istamadi. Uning tobuti solingan quti Vorli yaqinidagi qirgʻoqqa qaytib kelgan. Bugun dengizdan 500 metr ichkarida, qoyalar orasida shu joyda kamtarona, ammo eʼtiborni tortadigan maqbara qad rostlagan. Avliyo Makkaga haj qilish uchun barcha boyliklaridan va moddiy mulklaridan voz kechgan. Soʻngra dunyo boʻylab sayohat qilib, hozirgi Mumbay shahrini tashkil etuvchi orollardan biriga joylashgan va[1].
Sayyid Hoji Alining farzandlari boʻlmagan, shuning uchun toʻgʻridan-toʻgʻri avlodlari yoʻq.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „History of Sayyed Pir Haji Shah Bukhari“. www.hajialidargah.in. Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.