Pinky Mitchell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pinky Mitchell
Statistikasi
Asl ismi Myron Herbert Mitchell
Laqabi Pinky
Vazni light welterweight
Millati Amerikan
Tavalludi 1-yanvar 1899-yil
Milwaukee, Wisconsin
Vafoti 11-mart 1976-yil(1976-03-11)
(77 yoshda)
Milwaukee, Wisconsin
Uslubi Orthodox

Pinky Mitchell — amerikalik bokschi boʻlib, 1922-yil 15-noyabrda ovoz berish yoʻli bilan eng koʻp ovoz toʻplagan holda yarim oʻrta vazn toifasida birinchi chempion boʻlgan. U 1926-yilgacha unvonni egallab kelgan.

Oʻzining ajoyib faoliyatida u Oakland Jimmy Duffy va chempionlar Rocky Kansas, James Red Herring, Benny Leonard, Lew Tendler, Jack Britton, Mushy Callahan va Jo Dundee bilan jang qilgan bokschidir[1][2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1899-yilning 1-yanvarida Wisconsin shtatining Milwaukee shahrida tug‘ilgan Myron Mitchell otasi Mitchellni go‘dakligida beshigida ko‘rib, „u kichkinagina pushti badbasharaga o‘xshaydi“ degan gapi tufayli Mitchellga Pinky laqabini qo‘yishgan[3],barcha chaqaloqlar birinchi bor tugʻilgani juda ham nimjon va ranglari oʻzgaruvchan holatda boʻladi, shu sababli ham otasining koʻziga boshqacha tarzda koʻringan boʻlishi ham mumkin. U juda maqtovga sazovor boʻlgan havaskor bokschi edi va havaskor kunlarida yengil vazn toifasida sobiq chempion Battling Nelson u koʻrgan eng yaxshi istiqbolli ekanligini aytadi[4].

Professional fapliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mitchell 1917-yilda professional boks bilan shugʻullana boshlagan. Uning akasi Richie Mitchell ham bokschi edi. Biroq, ularning ikkalasining uslubi bir-biridan juda farq qilar edi. Richie har tomonlama janglar bilan tanilib kelgan, Pinky esa, keyingi tarixchining soʻzlariga koʻra, boks musobaqalarida oʻzining „lethargic performances“ tufayli „Milwaukee ringlarida pariyaga aylangan“[4].

1919-yil 11-aprelda Mitchell Sietlda Tinch okeani sohilida yengil vazn toifasi chempioni Harry Shuman bilan to‘rt raundlik o‘yinda durang o‘ynadi. Milwaukee Sentinel, u uzoqroq janglarga oʻrganib qolgan boʻlsada, „Seattleda koʻrsatilgan muomaladan mamnun ekanligini“ taʼkidladi[5].

1922-yildagi yengil vazn toifasida ilk jahon chempioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1922-yilda Minneapolisdagi "Boks Blade" haftalik gazetasining noshiri Mike Collins yarim oʻrta vazn toifasini yaratadi va oʻz oʻquvchilaridan 140 funt vaznda eng yaxshi jangchi deb hisoblagan kishiga ovoz berishlarini soʻradi. Mitchell ovoz berishda gʻalaba qozongan edi va 1922-yil 15-noyabrda yengil vazn toifasida birinchi jahon chempioni sifatida tan olinadi[6]. Milliy boks assotsiatsiyasi (NBA) ham shunga ergashadi va Mitchellni chempion deb tan olinadi[7].

Mitchell oʻz unvonini kamida olti marta himoya qilgan[8]. 1925-yilda James „Qizil“ Herringga qarshi kurash bahs-munozaralarga sabab boʻlgan. Herring diskvalifikatsiya evaziga gʻalaba qozondi va yengil vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritadi. Wiskonsin komissiyasi va NBA ikkalasi ham Herringni chempion sifatida tan olishdan bosh tortdilar.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Engil vazn toifasida boks boʻyicha chempionlar roʻyxati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pinky Mitchell“. BoxRec. Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  2. „Pinky Mitchell Boxing Record“. BoxRec. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.
  3. Ehrmann, Pete (April 1998), „Pinky Mitchell: The Only Fighter to Win a Title at the Ballot Box“, The Ring, 77 (4): 31
  4. 4,0 4,1 Ehrmann, Pete (April 1998), „Pinky Mitchell: The Only Fighter to Win a Title at the Ballot Box“, The Ring, 77 (4): 32
  5. "Pinky Mitchell Well Pleased with Treatment", Milwaukee Sentinel, pg. 14, Milwaukee, Wisconsin, 16 April 1919.
  6. „Pinky Mitchell - Lineal Junior Welterweight Champion“. The Cyber Boxing Zone Encyclopedia.
  7. Mullan, Harry (1987), The Great Book of Boxing, New York, New York: Crescent Books, 298-bet, ISBN 0-7517-6295-4
  8. Ehrmann, Pete (April 1998), „Pinky Mitchell: The Only Fighter to Win a Title at the Ballot Box“, The Ring, 77 (4): 33

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]