Pilla oʻrovchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pilla oʻrovchilar (Lasiocampidae) — tunlam kapalaklar oilasi. Gavdasi yoʻgʻon, qanotlari keng, yoyilganda 90 mm gacha (urgʻochisi yirikroq); hartumi rivojlanmagan. Qurtlarining gavdasi qalin tuk bilan qoplangan, daraxt va butalar, baʼzan oʻtlar bargi bilan oziqlanadi. Tuxumlarini toʻp-toʻp qilib qoʻyadi. Gʻum-bagi pilla ichida. Yosh yoki oʻrta yoshdagi qurtlari, baʼzan tuxumlari qishlaydi. 1000 ga yaqin turi bor, tropikada ay-niqsa xilma-xil. Oʻrta Osiyoda 20, Oʻzbekistonda 10 ga yaqin turi tarqalgan. Mevali daraxtlarga ziyon keltiradi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil