Kontent qismiga oʻtish

Pilates

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pilates – 20-asrning boshlarida nemis jismoniy tarbiya murabbiysi Joseph Pilates tomonidan ishlab chiqilgan aqliy-jismoniy mashgʻulot. Pilates oʻz yangi jismoniy tarbiya uslubini kontrologiya deb ataydi. Pilatesda mushaklarni kuchaytirish uchun 50 ga yaqin takrorlanuvchi mashqlar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Har bir mashqda beshta asosiy tamoyilga rioya qilish zarur: nafas olish, boʻyinni rostlash, qovurgʻa va kuraklarni barqarorlashtirish, tos mushaklarini harakatlantirish va qorinning koʻndalang muskulini ishlatish. Har bir mashq odatda 3-5 marta takrorlanadi.[1] 2023-yil holatiga koʻra dunyoda 12 milliondan ortiq odam pilates bilan shugʻullanadi.[2]

Reformer Pilates darsi.
  1. Kloubec, June (2011-12-29). "Pilates: how does it work and who needs it?". Muscles, Ligaments and Tendons Journal 1 (2): 61–66. ISSN 2240-4554. PMID 23738249. PMC 3666467. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3666467. 
  2. „The History of Pilates» Pilates Foundation“. www.pilatesfoundation.com. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.