Pierluigi Casiraghi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pierluigi Casiraghi (italyancha: Pierluigi Casiraghi)—italiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.1969-yil 4-martda Monsa shahrida tavallud topgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Casiraghi futbolchilik faoliyatini „Monsa“da boshlagan. 1985-yilda 16 yoshida u klubning asosiy tarkibida „Aresso“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va „Monsa“ 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.Casiraghining jamoadagi birinchi mavsumida klub C seriyaga tushib ketdi, ammo keyingi mavsumda B seriyaga qaytdi.Casiraghi „Monsa“da 4 yil oʻynadi va 94 oʻyinda 28 ta gol urdi.

Shundan soʻng futbolchiga Italiyaning yetakchi klublari qiziqish bildira boshladi.Casiraghi "Yuventus" ni tanladi. „Keksa sinyora“ tarkibida u „Milan“ bilan oʻyinda debyut qildi.Casiraghi „Yuventus“da 4 mavsum oʻynadi.2 marta UEFA kubogi va Italiya kubogini qoʻlga kiritdi.1993-yilda Casiraghi "Latsio"ga oʻtdi.U jamoada 5 yil oʻtkazdi.Klub uchun 41 ta gol urdi va klub bilan Italiya kubogida gʻolib chiqdi.Casiraghi klub bosh murabbiyi Sven-Yoran Erikssonning hujumda xorvatiyalik hujumchi Alen Boksich va italiyalik hujumchi Roberto Manchinini afzal koʻrgani uchun „Latsio“ni tark etishga majbur boʻldi.

1998-yilda Casiraghi inglizlarning "Chelsi" siga oʻtdi.Ular italiyalikning transferi uchun 5,5 million funt toʻladi.Oʻsha yilning noyabr oyida Casiraghi jiddiy jarohat oldi."Vest Xem" bilan oʻyinda Casiraghi raqib darvozaboni Shaka Hyslop bilan toʻqnashib ketdi va oʻng tizzasida xochsimon bogʻlami yirtilib jarohat oldi.10 marta operatsiya qilingan boʻlsada, ammo natija boʻlmadi.31 yoshida Casiraghi 2002-yilning yozida shartnomasi tugaganidan keyin nafaqaga chiqdi[1].

Xalqaro miqyosda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiya terma jamoasi tarkibida Casiraghi 1991-yilda Belgiya bilan oʻyinda debyut qilgan.1994-yilda u terma jamoa bilan Jahon chempionatiga yoʻl oldi va u yerda 3 ta oʻyin oʻtkazdi.1996-yilda Yevropa chempionatida oʻynagan.U yerda Casiraghi ikkita oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi (ikkalasi ham Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda).1997-yilda Rossiyaga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida Casiraghi jamoasini musobaqaning final qismiga olib chiqqan golni urdi.Biroq Casiraghi jahon chempionatiga olib ketilmadi. Umumiy hisobda Casiraghi terma jamoa safida 44 ta o‘yin o‘tkazib 13 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Casiraghi murabbiylik faoliyatini „Monsa“ klubining yoshlar jamoasida boshlagan.2003-yil may oyida u C2 seriyasining „Legnano“ klubi bosh murabbiyi boʻldi, ammo jamoa bilan faqat 2004-yil martigacha ishladi. Shundan soʻng u „Monsa“ga qaytib, klubning barcha yoshlar jamoalari ishini boshqardi.2006-yil 24-iyul Casiraghi Italiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.Uning qoʻl ostida jamoa 2007-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida pley-off bosqichiga va 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining yarim finalining penaltilar seriyasiga qadar etib borgan.2008-yil Olimpiada oʻyinlarida uning qoʻl ostidagi Italiya olimpiyachilari chorak finalgacha yetib bordi va u yerd Belgiyaga 2 ta penalti evaziga magʻlub boʻldi.2009-yilgi Yevropa chempionatidan so‘ng Casiraghi terma jamoani tark etmoqchi bo‘lgan, ammo keyin fikrini o‘zgartirgan.2010-yil 20-oktyabrda Italiya yoshlar terma jamoasi (U-21)[2][3] bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Hozirda u „Internazionale“ yoshlar akademiyasida bosh skaut boʻlib ishlaydi.

2016-yilning 14-dekabrida u Janfranko Zola qoʻl ostidagi Angliyaning „Birmingem Siti“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshildi[4].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy

"Yuventus"
"Latsio"
"Chelsi"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Chelsea in Casiraghi settlement“ (en). ESPN.com Soccernet (6-mart 2002-yil). 25-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-mart 2002-yil.
  2. „Incontro con Abete e Albertini Casiraghi lascia la panchina dell’Under 21“ (it). Federazione Italiana Giuoco Calcio (20-oktabr 2010-yil). 16-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-oktabr 2010-yil.
  3. „Casiraghi lascia l'Under 21“ (it). La Gazzetta dello Sport (20-oktabr 2010-yil). 16-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-oktabr 2010-yil.
  4. „Gianfranco Zola appointed manager“ (en). Official site of Birmingham City FC (14-dekabr 2016-yil). 14-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]