Pichoq oʻyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pichoq o'yindan yoʻnaltirildi)

Pichoq oʻyin (kordbozlik) -kad. uzbek sirki tomoshalaridan biri. Oʻzbekistonning jan. xududlarida keng tarqalgan boʻlib, 18—19-asrlarda bayram, sayil, toʻy va boshqa katta maʼrakalarda namoyish etib kelingan. P.oʻ. 1—2 kishi, ayrim hollarda 4 kishi tomonidan bajarilgan. Ijrochilar nogʻora, surnay navolari ostida 2 tadan 10 tagacha boʻlgan pichoq bilan turli jangovar harakatlar koʻrsatib, tomoshabinlarni hayratda qoddirganlar. Agar kordbozning bir oʻzi chiqadigan boʻlsa, u iloji boricha koʻproq pichoqoʻynatishga harakat qilgan. Pichoqlarni qoʻllarining tez va chaqqon hara-katlari bilan qoʻltigʻidan, boʻynidan, bu-tidan oʻtkazib olishi orqaligina emas, akrobatik tryuklar yordamida ham oʻyin namoyish qilgan.

2 kordboz chiqqanda, ular raqs vositalari bilan mohir, epchil va jangovar ikki jangchi obrazini berishga hara-kat qilgan. Kordbozlar shamshir va nay-za bilan ham turli oʻyinlar koʻrsatishgan.

20-asrda P.oʻ.ni Z.Mirzayev, Rajab kordboz va boshqa namoyish qilishgan. 1940— 50 yillarda professional uzbek sirki tarkibida kordboz Abdulla Azizxon oʻzining pichoq va xanjarlar oʻyini bilan koʻplab shaharlarda tomosha koʻrsatgan. Hozirgi kunda P.oʻ. anʼanaviy sirk gu-ruxlarida ijro etilmoqda.

Poʻlat Toshkanboyev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil