Philip Johnson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

JONSON (Johnson) Filip (1906.8.7, Klivlend) — amerika meʼmori. Garvard universitetining meʼmorlik maktabida M. L. Breyer rahbarligida oʻqigan (1940—50). L. Mis van der Roe shogirdi va u bilan hamkorlikda ishlagan (Konnektikutdagi Nyu-Kanaan yotiq shisha parallelepiped koʻrinishdagi xususiy uy, 1949 va b.). Oʻz qurilishlarida zamonaviy meʼmorlik materiallari va qoidalarini qoʻllashda anʼanaviy meʼmorlik shakllaridan erkin foydalanib, ularni uslublashtirgan (Nyu-Yorkdagi zamonaviy sanʼat muzeyi, 1951, 1965; Isroildagi yadro reaktori gumbazi, 1960; Nyu-Yorkdagi Linkoln markaziy davlat teatri, 1964 va b.).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil