Phil Jagielka
|
Jagielka Everton tarkibida (2015-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Philip Nikodem Jagielka[1] | ||
| Tavallud sanasi | 17-avgust 1982-yil[2] | ||
| Tavallud joyi | Sale, Katta Manchester, Angliya | ||
| Boʻyi | 5 fut 11 inches (1.80 m)[3] | ||
| Ampluasi | Markaziy himoyachi[4] | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| ?—1998 | Everton | ||
| 1998—2000 | Sheffield United | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2000—2007 | Sheffield United | 254 | (18) |
| 2007—2019 | Everton | 322 | (14) |
| 2019—2021 | Sheffield United | 16 | (0) |
| 2021—2022 | Derby County | 20 | (0) |
| 2022—2023 | Stoke City | 47 | (2) |
| Total | 659 | (34) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2002—2003 | Angliya U21 | 6 | (2) |
| 2007 | Angliya B | 1 | (0) |
| 2008—2016 | Angliya | 40 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Philip Nikodem Jagielka[5][6][7][8] (1982-yil 17-avgust, Seyl, Katta Manchester, Angliya) – ingliz futbolchisi. Markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Philip „Everton“ futbol klubi va Angliya terma jamoasidagi oʻyinlari bilan mashhur.
Jagielka 1998-yildan 2000-yilgacha „Sheffild Yunayted“ yoshlar akademiyasida oʻsib chiqqan va soʻnggi yili asosiy tarkibda debyut qilgan. U jamoaning 2006-07-yilgi mavsumda oliy ligaga chiqishiga hissa qoʻshgan. „Sheffild Yunayted“ quyi ligaga tushib ketgach, Jagielka 2007-yilda 4 million funt sterlingga „Everton“ga oʻtgan. Keyinchalik u 2013-yildan 2019-yilgacha jamoa sardori boʻlib, jami 385 ta oʻyin oʻtkazgan. 12 yillik faoliyatdan soʻng, 2019-yil iyulida „Everton“ni tark etib, sobiq jamoasi „Sheffild Yunayted“ga qaytgan. U 2023-yilda 41 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashdan oldin Chempionship klublaridan „Derby Kaunti“ va „Stok Siti“ klubida qisqa muddat oʻynagan[9].
Phil terma jamoa tarkibida 2008-yilda debyut qilgan. Xalqaro faoliyati davomida Angliya terma jamoasi safida 40 marta maydonga tushgan. UEFA Yevro-2012 hamda 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jagielka polyak va shotland kelib chiqishiga ega[10]. Uning 2021-yilda vafot etgan akasi Steve ham asosan Shrewsbury Town jamoasida oʻynagan professional yarim himoyachi edi[11]. Garchi u bir mavsumga Sheffild Yunaytedga ijaraga berilgan boʻlsa-da, aka-uka hech qachon rasmiy oʻyinda birgalikda maydonga tushishmagan[12]. Filning oʻgʻli Zak Xall Siti va Uels terma jamoalari uchun toʻp surmoqda[13][14].
2009-yil sentyabr oyida Jagielkaning Knutsforddagi uyiga qurollangan bosqinchilar bostirib kirgan. Ular Jagielkani pichoq bilan tahdid qilgan holda uning uyini talon-taroj qilishgan[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 11-fevral.
- ↑ „Phil Jagielka: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
- ↑ „P. Jagielka: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.
- ↑ „Phil Jagielka“. Barry Hugman's Footballers. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.
- ↑ FATV (11 March 2015), Phil Jagielka Special – Everton v Chelsea (2015/16 Emirates FA Cup) | FATV Focus, qaraldi: 14 November 2017
- ↑ FATV (14 June 2015), Which superhero would Phil Jagielka be? | Gone in 60 Seconds, qaraldi: 14 November 2017
- ↑ England Football Official (31 May 2014), Jagielka goal – England v Peru | Goals & Highlights, qaraldi: 15 November 2017
- ↑ NBC Sports (9 April 2017), Phil Jagielka rises to give Everton a 3–2 lead, 12 June 2020da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 15 November 2017
- ↑ „Phil Jagielka: Ex-England, Everton and Sheffield United defender retires from football at age of 41“ (en). Sky Sports (2023-yil 28-noyabr).
- ↑ Taylor, Louise. „England the next step for Jagielka“ (2007-yil 12-may). Qaraldi: 2009-yil 8-fevral.
- ↑ Flood, George. „Steve Jagielka dead: Former Sheffield United and Shrewsbury midfielder, brother of Phil, dies aged 43“ (2021-yil 17-mart). Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
- ↑ McKenzie, Andrew. „Seasonal joy for Jagielkas“. BBC Sport (2005-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Liverpool lose son of Everton legend as 'massive' transfer claim made“. liverpoolecho.co.uk (2024-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
- ↑ „Eligibility to be confirmed by FA Wales“. walesplayers.uk (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ Jones, Aidan. „Everton footballer Phil Jagielka robbed at knifepoint“ (2009-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Phil Jagielka haqida turkum mavjud |
- Phil Jagielka Stoke City F. C. saytida
- Phil Jagielka – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Phil Jagielka – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- 17-avgustda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Sheffield United F.C. futbolchilari
- Everton F.C. futbolchilari
- Derby County F.C. futbolchilari
- Stoke City F.C. futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari

