Kontent qismiga oʻtish

Peyveste xonim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Peyveste xonim
Tugʻilishi Robiya Emuhvari
1873-yil 10-may
Pitsunda, Gruziya, Rossiya imperiyasi
Vafoti tax. 1943 (yoshi 69–70)
Murod xiyoboni, Parij, Fransiya
Dafn etilgan joy
Bobini qabristoni, Parij
Turmush oʻrtogʻi
Abdulhamid II
(turm. 1893; vaf. 1918)
Farzandlari Shahzoda Abdurahim Hayriy
Toʻliq nomi
turkcha: Peyveste Hanım
usmonli turkcha: پیوسته خانم
Uy Emuhvari (tugʻilganda)
Usmonli (turmush orqali)
Otasi Usmon Emxaa
Onasi Hesna Çaabalurhva
Dini Islom, sunniylik

Peyveste xonim (usmonli turkcha: پیوسته خانم‎ – „suhbatni yaxshi koʻruvchi“; tugʻilgan paytidagi ismi malika Hadicha Robiya Emuhvari; 1873-yil 10-mayda tugʻilgan – tax. 1943-yilda vafot etgan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II ning xotinlaridan biri.

Peyveste xonim 1873-yil 10-mayda Abxaziyaning Pitsunda shahrida tugʻilgan. Tugʻilganida unga Hadicha Robiya ismi berilgan[1][2]. U abxaz knyazlar sulolasi Emuhvarining aʼzosi boʻlgan[2]. Otasi knyaz Usmon Bey Emuhvari[2], onasi esa abxaziyalik malika Hesna xonim Çaabalurhva edi[3]. Peyveste xonimning knyaz Hasan Bey, knyaz Sulaymon Bey ismli ikki akasi[1], malika Nurhayot xonim[4][5] va malika Emine Mahsharef xonim (1871–1920) ismli ikki opasi boʻlgan. Peyveste xonim boʻyi baland, yashil koʻzli va qoʻngʻir-qizil sochli ayol boʻlgan[3].

1877-yilda Usmon Bey Rus–Turk urushida qatnashish uchun koʻngillar safiga kirgan. U xotini va bolalarini Istanbulga olib borib, ularni Hesna xonimning amakivachchasi Davud Beyning parvarishiga topshirgan. Soʻng Abxaziyaga qaytib, urushda halok boʻlgan[3].

Davud poshoning saroy xizmatida boʻlgan xotini Meryem xonim beva qolgan Hesna xonim va uning qizlarini amakivachchasi, sulton Abdulhamidning birinchi xotini Nazikeda Kadınga taqdim etishga qaror qilgan[6]. Nazikeda qizlarni xizmatiga qabul qilgan va Hadicha Robiyaning ismini Peyveste deb oʻzgartirgan[7].

Peyveste xonim sulton Abdulhamid bilan 1890-yilda tanishgan va 1893-yilda Yıldız saroyida unga turmushga chiqqan[1]. Shundan soʻng unga „Uchinchi Iqbol“ unvoni berilgan[8]. 1894-yil 14-avgustda[9] ularning nikohidan 1 yil oʻtib, Peyveste xonim yagona oʻgʻli Shahzoda Abdurahim Hayriyni dunyoga keltirgan. Oʻgʻli tugʻilgach, unga chiroyli bir uy sovgʻa qilingan, shahzoda sulton Abdulhamid hukmronligi davrida oʻsha yerda yashagan. 1897-yilda Peyveste ikkinchi farzandiga homilador boʻlgan, biroq homilasidan ayrilgan[1]. Sulton Abdulhamid keyinchalik uni Yıldız saroyi bogʻlaridagi koʻshklardan biriga joylashtirgan. Peyveste xonim uning sevimli xotinlaridan biri boʻlgan, sulton Abdulhamid II unga hurmat va hayrat bilan munosabatda boʻlgan. Shu sababli, odatda, faqat sulolaning qon qarindoshlariga beriladigan Usmoniya ordenini Peyveste xonimga taqdim etgan[10].

1909-yil 27-aprelda sulton Abdulhamid taxtdan agʻdarilgan va Salonikiga surgun qilingan[11]. Peyveste xonim va oʻgʻli ham bir muddat unga hamroh boʻlgan, biroq 1910-yilda Istanbulga qaytib[8], Şişlidagi Büyükdere xiyobonida bir saroy sotib olgan[12]. U erda Peyveste xonim sulton Abdulhamidning ayollaridan biri Sazkar xonim bilan birga yashagan. Peyvesta xonim erining ayollari ichida Sazkar xonimni qadrlagan. Shahzoda Abdurahim Hayriy ham shu yaqin atrofda yashaganligi sababli tez-tez ularnikiga kelib turgan. 1912-yilda Saloniki Yunoniston tarkibga oʻtgach, Abdulhamid ham Istanbulga qaytgan va Beylerbeyi saroyiga joylashtirilib, 1918-yilda oʻsha yerda vafot etgan[13].

Beva qolishi va oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulton Abdulhamidning vafotidan soʻng Peyveste xonim Fotih tumanidagi Sadorat saroyiga joylashgan[14]. 1918-yil 30-mayda Peyveste xonim Yıldız saroyining haramida Avstriya imperatori Karl I ning rafiqasi, Bourbon-Parma sulolasidan boʻlgan imperatrisa Zita bilan uchrashgan. Imperatrisa Zita Istanbulga eri bilan birga tashrif buyurgan edi[15].

1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi aʼzolarining surgun qilinishi chogʻida Peyveste xonim oʻgʻliga hamroh boʻlib Parijga ketgan[16]. 1925-yil 14-yanvarda u mashhur turk yahudiy huquqshunosi Sami Günzbergga ishonchnoma bergan. Ushbu ishonchnoma orqali unga Abdulhamid tomonidan qoldirilgan, Turkiya hududida va undan tashqarida joylashgan binolar, yerlar, konlar hamda imtiyozlarni noqonuniy egallab olgan shaxslardan qaytarib olish vakolati berilgan[17].

Peyveste xonim Şişlidagi saroyini sotib, shu pul hisobiga Murod xiyobonida bir kvartirada farovon hayot kechirgan[12]. U 1944-yilda vafot etgan va Parijdagi Bobini qabristoniga dafn qilingan[16].

Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar
Shahzoda Abdurahim Hayriy 1894-yil 15-avgust[18][8] 1952-yil 1-yanvar[18][8] Ikki marta uylangan, bir oʻgʻil va bir qiz farzandi boʻlgan
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Açba 2004, s. 28.
  2. 2,0 2,1 2,2 Akyıldız, Ali. Son Dönem Osmanlı Padişahlarının Nikâh Meselesi, 2018 — 696-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Açba 2004, s. 23.
  4. Günay Günaydın. Haremin son gülleri. Mevsimsiz Yayınları, 2006 — 82 n. 64-bet. ISBN 978-9944-987-03-5. 
  5. Açba 2004, ss. 53, 55.
  6. Açba 2004, ss. 23–24.
  7. Açba 2004, s. 25.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Uluçay 2011, s. 250.
  9. Bey, Mehmet Sürreya. Osmanlı devletinde kim kimdi, Volume 1. Küğ Yayını, 1969 — 125-bet. 
  10. Açba 2004, s. 29.
  11. Hall, Richard C.. War in the Balkans: An Encyclopedic History from the Fall of the Ottoman Empire to the Breakup of Yugoslavia. ABC-CLIO, October 9, 2014 — 1–2-bet. ISBN 978-1-610-69031-7. 
  12. 12,0 12,1 „AZ KALSIN HALİFE OLACAKTI“. ekrembugraekinci.com (2012-yil 22-avgust). Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  13. Parry, Milman; Lord, Albert B.. Serbocroatian heroic songs, Volume 1. Harvard University Press, 1979 — 371-bet. 
  14. Akyıldız, Ali. Son Dönem Osmanlı Padişahlarının Nikâh Meselesi, 2018 — 701-bet. 
  15. Açba 2004, s. 56.
  16. 16,0 16,1 Açba 2004, s. 30 n. 12.
  17. Kark, Ruth; Frantzman, Seth J.. "One of the most spectacular lawsuits ever launched": Abdülhamid's heirs, his lands and the land case in Palestine, 1908-1950, 2010 — 138-bet. 
  18. 18,0 18,1 Osmanoğlu 2000, s. 263.