Kontent qismiga oʻtish

Petroglif

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Erondagi qoyatosh sanʼati, Teimareh hududi
Arxeolog Leo Frobenius tomonidan Meerkatze deb nomlangan qoyatosh o‘ymakorligi. Liviyaning Mesak Settafet hududiga qarashli Vadi Matendusda tasvirlangan orqa oyoqlarida turgan urg‘ochi sherlar.
Yevropa petrogliflari: Ispaniyaning Galisiya hududiga qarashli Campo Lameiroda joylashgan Laxe dos carballos (miloddan avvalgi IV–II ming yilliklar), kosacha va halqa belgisi hamda kiyik ovlash manzaralari tasvirlangan.
Petroglyph of a camel, Negev, southern Israel
Meksikaning Sinaloa shtatidagi San-Ignasio munitsipaliteti sohilida joylashgan Las Labradas arxeologik yodgorligining petrogliflari.

Petroglif — qoyatosh sanʼatining bir shakli boʻlib, tosh sirtining bir qismini oʻyish, kesish yoki qirish orqali hosil qilingan tasvir. Ushbu atama, odatda, ibtidoiy xalqlar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qadimiy qoyatosh oʻymakorligi rasmlariga nisbatan qoʻllanadi. Avstraliyaning Gʻarbiy qismidagi Murujuga konida joylashgan, yoshi 40 000–50 000 yilga teng boʻlgan petrogliflar dunyodagi eng qadimiy qoyatosh tasvirlari hisoblanadi. Ayrim petrogliflar muhofaza qilinadigan yodgorliklar maqomiga ega, baʼzilari esa YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan yoki ushbu maqomni olish uchun topshirilgan.

Etimologiyasi va maʼnosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petroglif soʻzi yunoncha petro- (yunoncha: πέτρα — „tosh“) prefiksi va glýphō (yunoncha γλύφω — „oʻyish“, „yoʻnish“) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, dastlab fransuz tilida pétroglyphe shaklida muomalaga kiritilgan.

Ilmiy matnlarda petroglif toshga oʻyilgan tasvirni anglatadi, petrograf (yoki piktograf) esa toshga chizilgan rasm hisoblanadi[1][2]. Ommaviy muloqotda esa bu soʻzlar baʼzan bir-birining oʻrnida almashlab qoʻllanilaveradi[3][4].

Petrogliflar va petrograflar tosh sanʼati yoki devoriy sanʼat kabi kengroq hamda umumiyroq tushunchaga kiradi. Yer sirtida koʻplab yirik toshlar va xarsanglar vositasida hosil qilingan naqsh va shakllar hisoblangan petroformlar esa ulardan mutlaqo farq qiladi. Inuksuklar ham petroglif emas, balki Arktika hududlarida inson qoʻli bilan toshlardan tiklangan oʻziga xos shakllardir.

Petrogliflar Antarktidadan tashqari yer sharining barcha qismlarida topilgan boʻlib, ularning eng zich joylashgan hududlari Afrika, Skandinaviya va Sibirning ayrim qismlariga toʻgʻri keladi. Dunyo boʻylab topilgan petrogliflarning koʻplab namunalari taxminan neolit va soʻnggi paleolit chegarasiga (taxminan 10 000 — 12 000 yil avvalgi davrga) borib taqaladi.

Eng qadimiy petrogliflar Gʻarbiy Avstraliyadagi Murujuga konida joylashgan boʻlib, ularning ayrimlari 40 000–50 000 yillik tarixga ega deb baholanadi[5][6][7]. Murujuga maskani YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[8][9].

Taxminan 7 000 — 9 000 yil avval, yozuv tizimlarining ilk koʻrinishlari paydo boʻlishi ortidan petrogliflarning mavjudligi va yaratilishi inqirozga yuz tutib, sekin-asta kamaya boshladi hamda ularning oʻrnini piktogrammalar va ideogrammalar kabi sanʼatning boshqa shakllari egalladi. Shunga qaramay, petrogliflar yaratilishi davom etdi va muayyan darajada ommabop boʻlib qoldi. Turli madaniyatlar ulardan turlicha muddat davomida foydalandilar, hatto ayrim xalqlar XIX va XX asrlarda Gʻarb madaniyati bilan toʻqnash kelguniga qadar ham petrogliflar yaratishda davom etdilar.

Petrogliflarning joylashuvi, yoshi va mavzu yoʻnalishiga qarab, ularning yaratilish maqsadi xususida koʻplab gipotezalar mavjud. Ushbu tasvirlarning aksariyati ularni yaratgan jamiyatlar uchun, katta ehtimol bilan, chuqur madaniy va diniy ahamiyatga ega boʻlgan. Koʻplab petrogliflar hali oxirigacha toʻliq anglab yetilmagan ramziy yoki marosim muloqot tili va uslubini aks ettiradi deb hisoblanadi. Boshqa bir turi, masalan, geokonturgliflar esa daryolar va boshqa geografik obyektlar kabi relyef shakllari yoki atrofdagi joy relyefini ancha aniq tasvirlaydi hamda gavdalantiradi.

Soʻqmoq yoʻllarni tasvirlaydigan, shuningdek, u boʻylab bosib oʻtilgan vaqt va masofani bildiruvchi ramzlarni oʻz ichiga olgan xarita-petrogliflar ham saqlanib qolgan. Boshqa bir xarita-petrogliflar esa astronomik belgi vazifasini oʻtaydi. Geografik va astronomik ahamiyatga ega boʻlish bilan birga, ayrim petrogliflar turli marosimlarning mahsuli sifatida ham paydo boʻlgan boʻlishi mumkin. Masalan, Hindistondagi ayrim maskanlarda baʼzi petrogliflar musiqiy cholgʻu rolini oʻtagani aniqlangan[10].

  1. ↑ Wieschhoff, Heinrich Albert. Africa. University of Pennsylvania Press, 1945. „Most noteworthy among the relics of Africa's early periods are the rock-paintings (petrographs) and rock-engravings (petroglyphs) which have been discovered in many parts of the continent.“ 
  2. ↑ T. Douglas Price. Europe Before Rome: A Site-by-Site Tour of the Stone, Bronze, and Iron Ages. Oxford University Press, 2012 — 116-bet. „This art falls into two categories, depending on how it is made: petroglyphs are carved into rock, and pictographs are painted on the rock.“ 
  3. ↑ „petrograph“. Merriam-Webster. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  4. ↑ Webster's Unabridged Dictionary of the English Language. Random House, 2001 — 1449-bet. ISBN 0-681-31723-X. 
  5. ↑ Normile, Dennis „World's largest collection of ancient rock art threatened by Australia's petrochemical plants“ (en). Science (2023-yil 12-may). Qaraldi: 2025-yil 13-iyul.
  6. ↑ Wahlquist, Calla. „Australia lodges world heritage submission for 50,000-year-old Burrup Peninsula rock art“. The Guardian (2020-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 7-fevral.
  7. ↑ Bednarik, Robert G. (2010-03-14). "Pleistocene Rock Art in Australia" (en). Anthropos 105 (1): 3–12. doi:10.5771/0257-9774-2010-1-3. ISSN 0257-9774. https://www.nomos-elibrary.de/10.5771/0257-9774-2010-1-3/pleistocene-rock-art-in-australia-jahrgang-105-2010-heft-1?page=1.
  8. ↑ Rollason, Bridget „UNESCO approves world heritage listing for WA's Murujuga rock art“. ABC News (Australia) (2025-yil 11-iyul).
  9. ↑ Readfearn, Graham „'Manifestation of creative genius': Murujuga rock art in Western Australia placed on Unesco world heritage list“. The Guardian (2025-yil 11-iyul). Qaraldi: 2025-yil 13-iyul.
  10. ↑ Ancient Indians made 'rock music'. BBC News (2004-03-19). Retrieved on 2013-02-12.

Qoʻshimcha oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Beckensall, Stan and Laurie, Tim, Prehistoric Rock Art of County Durham, Swaledale and Wensleydale, County Durham Books, 1998 ISBN 1-897585-45-4
  • Beckensall, Stan, Prehistoric Rock Art in Northumberland, Tempus Publishing, 2001 ISBN 0-7524-1945-5
  • Harmanşah, Ömür (ed) (2014), Of Rocks and Water: An Archaeology of Place, 2014, Oxbow Books, ISBN 1-78297-674-4, 9781782976745
  • Rawson, Jessica (ed). The British Museum Book of Chinese Art, 2007 (2nd edn), British Museum Press, ISBN 978-0-7141-2446-9
  • Sickman, Laurence, in: Sickman L. & Soper A., The Art and Architecture of China, Pelican History of Art, 3rd ed 1971, Penguin (now Yale History of Art), LOC 70-125675