Petr Jiráček

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Petr Jiráček
Jiráček Wolfsburg bilan, 2012-yil.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Petr Jiráček
Tavallud sanasi 2-mart 1986-yil (1986-03-02) (38 yosh)
Tavallud joyi Sokolov, Chexoslovakiya[1]
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Trinity Zlín B (assistent)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—1996 Sokol Tuchořice
1996—2006 Baník Sokolov
1998 → Buldoci Karlovy Vary (ijara)
2001Slavia Prague (ijara)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2008 Baník Sokolov 40 (2)
2008—2012 Viktoria Plzeň 100 (11)
2012 VfL Wolfsburg 13 (2)
2012—2015 Hamburger SV 41 (2)
2015—2017 Sparta Prague 18 (0)
2016—2017FK Jablonec (ijara) 18 (1)
2017—2021 Fastav Zlín 103 (6)
2021—2022 Prostějov 27 (0)
2022— Trinity Zlín B 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2014 Chexiya 28 (3)
Boshqargan klublari
2022— Trinity Zlín B (assistent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 15-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 18-iyul uchun)

Petr Jiráček (talaffuzi: Petr Yirachek; 1986-yil 2-martda tugʻilgan) — Chexiyalik futbolchi, yarim himoyachi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jiráček 10 yoshida „Banik Sokolov“ klubida futbol oʻynay boshlagan va ikki professional mavsum oʻtkazgandan soʻng, FC Viktoria Plzeňga oʻtgan. „Viktoria“ bilan ligada roppa-rosa 100 ta oʻyin oʻtkazdi[2]. 2010—2011-yilgi Chexiya chempionatida klub bilan gʻolib chiqdi va klub tarixda oʻsha paytgacha hech qachon chempion boʻlmagan edi. Bu unvon ularga 2011—2012-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida ham oʻynash imkoniyatini berdi. Guruh bosqichida Barcelona va Milandan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Jiráček yevrokuboklarda faqat bitta uchrashuvda maydonga tusha olmadi. Shuningdek, klubda 2009—2010-yilgi Chexiya kubogi va 2011-yilgi Chexiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

2011-yilning dekabr oyida Jiráček Germaniya Bundesligasi vakili VfL Wolfsburg bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[3]. Toʻrtinchi liga oʻyinida dubl qayd etdi, SC Freiburgga qarshi 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Fevral oyi oxirida jarohat oldi, bu uning bir qator oʻyinlarni oʻtkazib yuborishiga va mavsumning qolgan qismida bir necha marta zaxira oʻyinchisi boʻlishiga olib keldi.

2012-yil 26-avgust kuni VfL Wolfsburg bosh murabbiyi Felix Magath Jiráček Wolfsburgda boʻlganida taassurot qoldira olmagani uchun nomaʼlum toʻlov evaziga Hamburger SVga oʻtishini tasdiqladi.

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil sentabrida Shotlandiyaga qarshi o‘yinda milliy terma jamoada debyut qildi va tez orada Michal Bílek qoʻl ostida jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi[4]. Ilk golini Yevro-2012 saralash pley-offida Chernogoriyaga qarshi oʻyinda (1:0) kiritdi.

UEFA Yevro-2012 chorak finaliga chiqishida jamoada muhim rol oʻynadi Turnirda ikkita gol urdi, ikkalasi ham guruh bosqichida, mos ravishda Gretsiya va Polsha darvozalariga kiritdi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar Liga Kubok Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
2006—2007 Baník Sokolov Czech 2. Liga 15 1 0 0 -- 15 1
2007—2008 25 1 2 0 -- 27 1
2008—2009 Viktoria Plzeň Czech First League 29 1 0 0 -- 29 1
2009—2010 26 1 3 0 -- 29 1
2010—2011 29 5 4 1 2 0 35 6
2011—2012 16 4 0 0 11 0 27 4
2015—2016 Sparta Praha Czech First League 18 0 6 2 5 0 29 2
2011—2012 Wolfsburg Bundesliga 13 2 0 0 0 0 13 2
2012—2013 Hamburger SV 5 0 0 0 0 0 5 0
Jami Chexiya Respublikasi 158 13 15 3 18 0 191 16
Germaniya 18 2 0 0 0 0 18 2
Jami faoliyati 176 15 15 3 18 0 209 18

Xalqaro gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2011-yil 15-noyabr Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa  Chernogoriya 1 — 0 1—0 Yevro-2012 saralash pley-off oʻyinlari
2. 2012-yil 12-iyun Munitsipal stadion, Vrotslav  Yunoniston 1 — 0 2—1 UEFA Yevro 2012
3. 2012-yil 16-iyun Munitsipal stadion, Vrotslav  Polsha 1 — 0 1—0 UEFA Yevro 2012

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktoria Plzeň

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jiráček, Petr“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2011-yil 16-noyabr.
  2. „Petr Jiráček“ (Czech). iDNES.cz. Qaraldi: 2012-yil 18-dekabr.
  3. „Jiráček opouští Plzeň, na čtyři a půl roku se upsal Wolfsburgu“ (Czech). idnes.cz (2011-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 22-dekabr.
  4. „Scotland 2-2 Czech Republic“. BBC Sport (2011-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 2-fevral.