Peru oshxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Peru oshxonasi- oʻzida turli davlatlarning oshxonalarini, yaʼni, milliy taomlarini ozida aks ettiradi. Jumladan, Osiyo ( Yapon oshxonasi va Xitoy oshxonasi ) , Afrika ( Maghrebi oshxonasi va Gʻarbiy Afrika oshxonasi ). Oʻz mamlakatlaridagi tanish ingredientlarsiz, immigrantlar Peruda mavjud boʻlgan tarkibiy qoʻshimchalardan foydalangan holda anʻanaviy oshxonalarini oʻzgartirdilar.

Peru oshxonasining toʻrtta anʻanaviy asosiy mahsulot mavjud: makkajoʻxori, kartoshka va boshqa ildiz mevalari, Amaranthaceaes (kivicha ) va dukkakli sabzavotlar ( loviya ). Ispanlar tomonidan olib kelingan asosiy mahsulotlarga guruch, bugʻdoy va goʻsht (mol, cho'chqa goʻshti va tovuq) kiradi.

Soʻnggi yilllarda Peru oshxonasida turli tarkibiy qoʻshimchalar qoʻshilib, oshxona mahsulotlar tarkibi boyidi.

Peru kartoshkalari

Shirin kartoshkaning vatani Amerika davlati hisoblanadi. Amerikada kartoshka kamida 5000-yil oldin xonakilashtirilgan.  Bozorlar,do‘konlarda odatda ikki xil turdagi shirin kartoshka sotiladi,shuningdek  mamlakat bo‘ylab kartoshkaning turli  navlari keng miqyosda sotiladi.Kartoshka navlari turlicha masalan,birinchi tur kartoshkaning ustki qismi quruq va terisi och sargʻish rangda, ta'mi shirin bo‘ladi. Ikkinchi nav kartoshkaning ustki qismi binafsha rangga ega, ichi oq va jigarrang,birinchi tur kartoshkadan farqi  oʻrtacha darajada shirinligi bikan ajralib turadi. Shuningdek,kartoshkaning turlari kichik ildiz va kartoshkaning ustki qismlari bilan farqlanadi.


Ispaniyadan koʻplab oziq-ovqatlar Peruning asosiy taomlari hisoblanadi, jumladan bug'doy, arpa, jo'xori, guruch, yasmiq, no'xat , loviya, sarimsoq, karam, brokkoli, gulkaram, piyoz, bodring, sabzi, selderey, salat, baqlajon, vino, sirka, zaytun, mol go'shti, cho'chqa go'shti, tovuq, ko'plab ziravorlar (jumladan, yalpiz, timyan, marjoram, chinnigullar, doljin, muskat yong'og'i, qizilmiya, qora qalampir ), banan, behi, olma, apelsin, o'rik, shaftoli, olxo'ri, olcha, qovun, anjir, anor, asal, oq shakar, bodom, yong'oq, pishloq, tovuq tuxumi, sigir suti va boshqalar. Yevropada mashhur bo'lgan ko'plab oziq-ovqat o'simliklari Peruga olib kelingan.

Peru makkajo'xori
Peru lagani
Arroz Chaufa
Papa a la huancaina (Huancayo uslubidagi kartoshka)
Lima markazida ko'cha taomlari stendi.
Aguaymanto sousi bilan alpaka
Pisko nordon

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]