Persona non grata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Persona non grata (lotincha: persona pop grata — nomatlub shaxs) — 1) biror davlatga diplomatik vakil etib tayinlanishiga oʻsha davlat hukumati tomonidan rozilik berilmagan yoki ishonchni yoʻqotgan va chaqirib olinishi lozim boʻlgan diplomatik vakil. Persona non grata deb eʼlon qilish mazkur diplomat, uning oila aʼzosi yoki diplomatik vakillikning boshqa biror xodimini shu mamlakat hududida bundan buyon boʻlishi nomatlub deb topilganligini bildiradi. Bunday qarorga kelish davlat tomonidan oʻzining tegishli odamini aytilgan muddatda chaqirib olishni taqozo etadi, agar muayyan muddat belgilanmagan boʻlsa, iloji boricha tezroq chaqirib olish chorasi koʻrilishi kerak. Agar talab bajarilmasa diplomati mahalliy maʼmurlar xususiy shaxs deb eʼlon qilib, unga oddiy xorijiy fuqaro sifatida munosabatda boʻladilar; 2) koʻchma maʼnoda — xayrixohlik bilan qaralmaydigan odam.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil