Periodontit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Peritsementitdan yoʻnaltirildi)
Periodontit

Ildiz ostidagi periodontal jarayon
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Stomatologiya
DiseasesDB 29362
MedlinePlus 001059
MeSH D010485

Periodontit (peri… va yun. odontos — tish), peritsementit — tish ildizi atrofidagi toʻqimalar (periodont)ning yalligʻlanishi[1].

TASNIFI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Periodontitlarni kelib chiqishiga ko‘ra infeksiyali, jarohatli va kimyoviy turlarga bo‘linadi.

Infeksiyali periodontitni kelib chiqishida streptokokk mikroblari asosiy o‘rin tutadi. Mikroblar va chirigan pulpa toksinlari ildiz kanali yoki milk cho‘ntagi orqali periodontal yoriqqa kelib tushadi. Kamdankam hollarda infeksiya qon va limfa orqali kirib kelishi mumkin (gripp, tif va boshqalar).

Shikastlanish jarayonida hosil bo‘lgan periodontit tishga bir zumli shikast (zarb) va bir necha bor taʼsir etuvchi mikro shikastlar

(prikusni ko‘taruvchi plomba, qoplama), zararli odatlar (qalamni tish qatorida ushlash, tishlarda mix ushlash) kabi taʼsirlar natijasida paydo bo‘ladi.

Kimyoviy taʼsirdan kelib chiquvchi periodontit arsenat pasta, formalin, fenollar taʼsirida kelib chiqadi. Kasallikning klinik kechishiga

ko‘ra o‘tkir va surunkali periodontitlar bir biridan farqlanadi. Yallig‘lanishning joylashishiga ko‘ra ildiz uchi — apikal va ildiz

chetlarga bo‘linadi. O‘tkir periodontitlar ekssudatiga ko‘ra o‘tkir seroz va o‘tkir yiringliliga bo‘linadi. Surunkali ildiz uchi periodontitlari periodont to‘qimasini zararlanish xarakteri va darajasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

1. Surunkali fibroz;

2. Surunkali granulatsiyalovchi periodontit;

3. Surunkali granulematoz periodontit.

Surunkali periodontitlar noxush tashqi muhit taʼsirida o‘tkirlashishi kuzatiladi. Shunga asoslangan holda surunkali periodontit huruji ham

farqlanadi.

O‘TKIR PERIODONTITLAR[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘tkir ildiz uchi periodontit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Pereodontit2.JPG
[2]

Bemor keskin, doimiy chegaralangan og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqlarning kuchi qizarish darajasiga, shishning hajmiga va ekssudatga bog‘liq. Kasallikning boshlanishida og‘riqlar sust, simillovchi bo‘lib, sababchi tish atrofida bo‘ladi. So‘ng og‘riqlar kuchli, irradiatsiyalovchiga aylanadi. Ko‘pchilik avtorlarning fikriga ko‘ra bunday og‘riq ekssudatning yiringli formasiga o‘tganligidan dalolat beradi. Ildiz uchidagi o‘tkir zaharlanish 2-3 kundan ikki haftagacha davom etadi. O‘tkir periodontitni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin.

Birinchi bosqich[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pulpitni o‘z vaqtida yoki xato davolash oqibatida kelib chiqadi. Bu bosqich uchun davomli, simillovchi og‘riqlar xarakterli. Ayrim hollarda sababchi tishni tishlab bosilganda ham og‘riqlar paydo bo‘ladi. Sababchi tish atrofidagi milkning holati o‘zgarmaydi. Vertikal perkussiyada periodontning sezuvchanligi aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu bosqichda ekssudatlanish jarayoni ortib boradi. Og‘riqlar doimiy bo‘lib sekin-asta kuchayib boradi. Kasallangan tishni tishlab bosilganda og‘riqlar zo‘rayadi, hatto tilning tegib ketishi ham og‘riqlarni kuchaytiradi. Perkussiya keskin og‘riqli bo‘ladi. Tish qimirlab qoladi va xuddi o‘sib qolganga o‘xshaydi. Tish atrofidagi milk qizaradi, shishadi, palpatsiyada tishning ildiz uchi sohasi og‘riqli bo‘ladi. Pulpa nekrozga uchragani uchun tish termik taʼsirlardan, elektr taassurotlardan taʼsirlanmaydi. Ayrim hollarda jag‘ atrofi to‘qimalarida shish kuzatiladi. Infiltrat yoki abssess hisobiga o‘tuv burma yassilashadi. Bu holda perkussiya kuchsiz og‘riqli bo‘lib palpatsiya keskin og‘riqga aylanadi. Palpatsiyada flyuktuatsiya aniqlanishi mumkin. Yiringli ekssudatning yorib chiqishi natijasida milk va yuz shishlari kichrayadi, og‘riqlar esa susayadi.

SURUNKALI PERIODONTITLAR[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali periodontitlarning klinik belgilari o‘tkir periodontitlarga nisbatan birmuncha oz ifodalangan. Shuning uchun solishtirma tashhisni rentgenogrammasiz o‘tkazish o‘ta mushkul.

Surunkali fibroz periodontit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Pereodontit1.JPG

Surunkali fibroz periodontit klinik belgilarsiz kechadi. Bemor og‘riqlarni sezmaydi. Faqatgina kariyes kovagi borligiga, unga ovqat qoldiqlari kirib qolishi va og‘izdan noxush hid kelishidan shikoyat qiladi. Surunkali fibroz periodontit, avval, davolangan pulput, travmatik artikulyatsiya oqibatida kelib chiqishi mumkin. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya og‘riqsiz, tish atrofidagi milk o‘zgarishsiz. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqsiz bo‘ladi. Surunkali fibroz periodontitga tashxis rentgenogramma asosida o‘tkaziladi. Rentgenogrammada ildiz uchidagi periodontal yoriqning deformatsiyasi, kengayganligi aniqlanadi. Suyak to‘qimasining rezorbsiyasi kuzatilmaydi.

Surunkali granulatsiyalovchi periodontit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Periodontitning bu turida bemor sababchi tish atrofida yoqimsiz sezgi, qichishish, tishga bosganda kuchsiz og‘riqni sezishi mumkin. Og‘riqli sezgilar doimiy emas. Kasal tish atrofidagi milk qizarib, shishadi va yiringli ekssudatli oqma hosil bo‘lib granulyatsiyalar paydo bo‘ladi. Tishning toj qismi rangi o‘zgargan, tukillatib ko‘rilganda og‘riqsiz yoki kuchsiz og‘riqli bo‘ladi. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqli. Tish atrofi to‘qimalar palpatsiyasi og‘riqli. Iyak osti va jag‘ osti limfa tugunlarini shishishi ham kuzatilishi mumkin. Qolgan surunkali periodontitlarga nisbatan granulatsiyalanuvchi periodontitning o‘tkirlashuvi sodir bo‘lib turadi. Rentgenogrammada ildiz uchida suyak to‘qimasining notekis so‘rilishi kuzatiladi.

Surunkali granulematoz periodontit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali granulematoz periodontitda ko‘pincha og‘riqlar bo‘lmaydi, lekin o‘qtin-o‘qtin yallig‘lanish jarayonining o‘tkirlashuvi sodir bo‘lib turadi. Tish atrofidagi shilliq parda o‘zgarishsiz, ayrim hollarda ozgina qizargan bo‘ladi. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya, zondlash og‘riqsiz bo‘ladi. Tashxis rentgenogramma asosida aniqlanadi. Rentgenogrammada ildiz

uchida suyak to‘qimasining 0,5 mm dan kichik, tekis, aniq chegaralangan so‘rilishi kuzatiladi. Agar ildiz uchidagi granulemaning hajmi 0,5 mm 0,8 mm gacha bo‘lsa kistadan dalolat beradi.

Surunkali periodontitning huruji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning klinik ko‘rinishi o‘tkir periodontitga o‘xshab ketadi. Bunda bemorda doimiy og‘riq, yumshoq to‘qimalar shishishi, limfa tugunlarining kattalashishi, tishning biroz qimirlab qolishi, tish atrofidagi o‘tuv burma paypaslab ko‘rilganda og‘riqliligi kuzatiladi. Bemor holsizlanib boshi og‘riydi, uyqusi yo‘qoladi, tana harorati ko‘tariladi. Rentgenogrammada surunkali periodontitning biror turi aniqlanadi.

DAVOLASH[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘tkir periodontitlarni davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘tkir periodontitni davolash usuli nafaqat kasallikning klinik kechishiga balki kasallikni keltirib chiqargan sababga ham bog‘liq. O‘tkir periodontit kimyoviy taʼsir oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, koronka va ildiz qismidagi pulpani olib tashlash lozim. O‘tkir periodontit ildiz kanaliga kislota, ishqor, kuchli antiseptiklarni kiritish oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, ildiz kanalida teskari taʼsir etuvchi moddalar bilan ishlov berish kerak bo‘ladi. Ildiz kanaliga 3 % perikis vodorod, 1:5000 li furatsillin eritmasi, fermentlar (trepsin, ximotrepsinlar) bilan ishlov beriladi. Ildiz kanalida 1-2 kunga evgenol, qalampir moyi bilan turunda vaqtinchalik plomba ostida qoldiriladi. Agar 2 kun ichida tish bezovta qilmasa, perkussiya og‘riqsiz bo‘lsa, ildiz

kanali ildiz uchigacha plombalanadi va doimiy plomba qo‘yiladi. Agar tish 2 kun ichida og‘risa vaqtinchalik plomba olib tashlanadi va ildiz kanallariga qaytadan ishlov berilib muolaja takrorlanadi. Bunday hollarda periodont yallig‘lanishini samarali davolash uchun fizioterapiya usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘tkir periodontitda yallig‘lanish reaksiyasi va ekssudatning ortishi natijasida tish atrofidagi shilliq parda qizaradi, shishadi. Bunday hollarda turbinali bor mashina yordamida tish bo‘shlig‘i ochiladi va

ekssudatning oqishini taʼminlash maqsadida tishni ochiq holda qoldirish kerak bo‘ladi. Bemor og‘zini gipertonik eritmalarda chayishi va ovqatlanishdan avval tish bo‘shlig‘ini paxtali tampon bilan berkitishi kerak bo‘ladi. Bemorning ikkinchi marta kelishida ildiz kanal lariga mexanik va ximik ishlov berilib, antiseptik vosita bilan vaqtinchalik plomba qo‘yiladi. Bemorning uchinchi marta kelishida vaqtinchalik plomba olinib, ildiz kanallari plombalanadi va doimiy plomba qo‘yiladi. Shikastlanish taʼsirida kelib chiqqan o‘tkir periodontitni davolash taʼsir etuvchi shikastni aniqlash va uni bartaraf etishdan boshlanadi. Qolgan davo simptomatik.

Surunkali periodontitlarni davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali periodontitni davolash og‘riqsiz kechadi. Surunkali periodontitlarni muvaffaqiyatli davolash uchun ildiz kanallari o‘tuvchan bo‘lishi kerak. Surunkali fibroz periodontitda ildiz kanali apikal teshikkacha, surunkali granulyatsiyalovchi va granulematoz periodontitda ildiz apikal teshigidan oshirib plombalanadi. Bemorning birinchi kelishida kariyes kovagiga ishlov, shakl berilib, pulpa bo‘shlig‘i kengaytirilib, pulpekstraktor yordamida chirigan, parchalangan pulpa to‘qimasini ohistalik bilan bosqichma-bosqich chiqariladi. Tozalangan ildiz kanali antiseptik modda eritmasi 2 % xloramin, 0,1 % xlorgeksin bilan yuviladi, quritiladi. Ildiz kanalida antiseptik modda yoki fermentli turunda vaqtinchalik germetik plomba

ostiga qo‘yiladi. Bemorning ikkinchi kelishida vaqtinchalik plomba, turunda olib tashlanadi. Ildiz kanaliga ximik ishlov berilib quritilgandan so‘ng plombalanadi.

Periodontitni davolash jarayonidagi asoratlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asoratlar davolash jarayonida va davolangandan so‘ng ham kelib chiqishi mumkin. Ildiz kanaliga ximik ishlov berganda (formalin, fenol) periodontni taʼsirlash oqibatida og‘riq paydo bo‘ladi. Buni bartaraf etish uchun evginol yoki qalampir moyi qoldiriladi yoki kaliy yod bilan elektroforez qilinadi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tayanch iboralar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Periodontit — periodont to‘qimasining yalig‘lanishini;

Apikal periodontit — yallig‘lanish ildiz uchi qismida joylashsa;

Marginal periodontit — yallig‘lanish ildiz milkka yaqin qismida joylashsa;

Deformatsiya — shaklning o‘zgarishi .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Периодонтит“.
  3. N.A. Tashpulatova.. Stomatologik kasalliklar. «Fan va texnologiya» 2016.