Pellagra
Pellagra (italyancha „pelle“ — dagʻal teri), avitaminoz PP — organizmda vitamin PP (nikotin kislotasi yoki Vit B3) yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Oziq-ovqatlar tarkibida vitamin PP miqdorining kamayib ketishi, shuningdek, organizmning vitaminlarni oʻzlashtirish qobiliyatining pasayib ketishi sabab boʻladi. Pellagrada ich ketadi, til qizil rangda, yaltirab turadi. Gavdaning ochiq qismlari va oyoq-qoʻl panjalariga qizil dogʻlar tushib, ular keyinchalik pufakchalarga aylanadi, keyinchalik, yiringli jarayon boshlanadi. Pufakchalar yorilib, yiring chiqib ketgach, teri qurib, poʻst tashlaydi va oʻrni dogʻ boʻlib qoladi. Bemor umumiy shikoyatlar: tinkasi qurishi, tez charchash, quvvatsizlik, holsizlanish, ish qobiliyatining pasayishi, bosh ogʻrishi, ishtahasi yoʻqligi, ogʻzi achishib, soʻlagi oqishi kabilardan shikoyat qiladi. Ruhiy holatida ham oʻzgarishlar sodir boʻladi. Atrofidagi voqea va hodisalarga beparvo boʻlib qoladi, xotira va aqliy salohiyat pasayishi kuzatiladi.
Kasallikni davolashda vrach koʻrsatmasiga binoan, V guruh vitaminlari bilan nikotin kislotasi beriladi. Nikotin kislotasiga boy ovqatlar — hayvon oqsili, jigar, tuxum, baliq, sut, qatiq, sabzavot va mevalar buyuriladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |