Pedro Petrone
![]() Pedro Petrone 1928-yil | ||||||||||||||||||||||||||||
Umumiy maʼlumotlar | ||||||||||||||||||||||||||||
Laqabi | Perucho,Artillero | |||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana va joyi | 1904-yil 11-may Urugvay, Montevideo | |||||||||||||||||||||||||||
Oʻlimi | 1964-yil 13-dekabr (60 yosh) Urugvay, Montevideo | |||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ![]() | |||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 173 sm | |||||||||||||||||||||||||||
Ampulasi | Hujumchi | |||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallar | ||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||
![]() |
Pedro Petrone (ispancha: Pedro Petrone) — urugvaylik futbolchi, hujumchi.1904-yil 11-mayda Urugvay poytaxti Montevideoda tavallud topgan.Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri.1930-yilgi Jahon chempioni.Ikki karra Olimpiada chempioni-1924, 1928
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Urugvay chempionatida u „Nasional“ jamoasi safida 128 ta oʻyin oʻtkazib, 146 ta gol urgan.Yevropa (1925) va Shimoliy Amerika (1927) boʻylab milliy turne aʼzosi."Fiorentina" jamoasida oʻynab Italiya chempionatida 44ta oʻyinda 37ta gol urdi.1931/32-yilgi mavsumda Italiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.Urugvay Oliy divizioni tarixida 97 oʻyinda 103 goli bilan 106% lik natija koʻrsatib 9-oʻrinda turadi."Nasional" futbol jamoasi tarixida eng yaxshi uchinchi toʻpurar hisoblanadi.
Urugvay terma jamoasida u birinchi oʻyinini 1923-yil 4-noyabrda Paragvayga qarshi oʻtkazdi (2:0), soʻnggi oʻyinni 1930-yil 18-iyulda Urugvayda tashkillashtirilgan birinchi Jahon chempionati guruh bosqichida Peruga qarshi oʻtkazdi (1:0).Urugvay milliy terma jamoasi uchun 24 uchrashuvda u 28 ta gol urgan.Oʻsha davrdagi Urugvay milliy terma jamoasining hujumchilari Jose Pedro Cea,Hector Scarone bilan ajoyib trio hosil qilishgan.Raqiblar bu uchlikni „Urugvaylik uch tish“ deb nomlashgan.Pedro Petrone professional futbolchilik faoliyatini juda erta 28 yoshida tugatgan.Lekin shu yoshgacha terma jamoa tarkibida 24 ta oʻyinda maydonga tushsada sermahsullik boʻyicha Urugvay terma jamoasi tarixida futbolchilar ichida 6-oʻrinda turadi.Urugvay milliy terma jamoasini barcha davrlardagi ramziy jamoasiga kiritilgan.1964-yil 13-dekabrda 60 yoshida Montevideoda vafot etadi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Urugvay chempioni-1924,1933
- Jahon chempioni −1930
- Olimpiada chempioni-1924,1928
- Janubiy Amerika chempionati-1923,1924
Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Urugvay chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1926,1928,1933
- Italiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1932
- Janubiy Amerika chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1923, 1924,1927
- Oʻz davrining eng tezkor sportchilaridan biri-100 metrni 11 soniyada bosib oʻtgan
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
3.https://www.transfermarkt.world/pedro-petrone/profil/spieler/289451
4.https://www.sports.ru/tags/86631087/
5.https://news.sportbox.ru/Vidy_sporta/Futbol/Pedro-Petrone-Futbol-11051905
6.https://www.national-football-teams.com/player/33696/Pedro_Petrone.html