Pediatriya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pediatriya Institutidan yoʻnaltirildi)

Pediatriya instituti — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqotlar muassasasi. 1927-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Dastlab Onalik va bolalikni muhofaza qilish ilmiy tadqiqotlar instituti deb nomlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi da pediatriya fakulteti tashkil qilinishi tufayli 1940-yilda yopilib, 1966-yilda qayta tashkil etilgan. 1969-yildan shu nomda. Institutda 300 oʻrinli klinika (bolalar uchun 150 oʻrin, akusherlik va ginekologik bemorlar uchun 150 oʻrin), 7 klinik boʻlim (allergologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, chala tu-gʻilgan bolalar, 1 yoshgacha boʻlgan goʻdaklar kasalliklari, akusherlikginekologiya, terapiya), laboratoriyalar, dorixona, kutubona bor (2003). 1972—80 yillarda institut va klinikasi tarkibida Oʻzbekistonda bolalar allergologiya markazi, 1980—89 yillarda bolalar pulmonologiya markazi, 1990—96 yillarda bolalar gepatologiya markazi ishlab turdi. 1974-yilda akusherlik va ginekologiya boʻli-mi negizida Oʻzbekiston akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil topdi. 1976-yilda bolasi bilan yotgan onalarni sogʻlomlashtirish uchun 60 oʻrinli terapiya boʻlimi ochildi. 1983-yilda 2 suv havzasi boʻlgan 30 oʻrinli shifobaxsh fizkultura va vrach nazorati boʻlimi, 30 oʻrinli tashhis qoʻyish boʻlimi hamda 300 qatnovga moʻljallangan maslahat-diagnostika poliklinikasi ishga tushdi. 1995-yildan ona suti bilan ovqatlan-tirishni ragʻbatlantirish markazi ishlab turibdi. Institutda 1997-yilda diareya va oʻtkir respirator kasalliklar infeksiyasiga qarshi kurash markazi, 1999-yilda reproduktiv yoshdagi ayollarni sogʻlomlashtirish markazi ochildi. Institut xodimlaridan 19 fan doktori, 112 fan nomzodi yetishib chiqdi. Institutda 38 ilmiy ishlar toʻplami, 23 monografiya, 300 dan ortiq metodik qoʻllagmalar nashr etildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]