Payshanba madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Payshanba madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokor Qambariy
Binokorlik tashabbuschisi Buxoro amiri Amir Shohmurod
Binokorlik XVIII asr—???
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 15 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Payshanba madrasasi — Samarqand madrasasi. Payshanba madrasasi XVIII asrda Miyonqol viloyatidagi Payshanba qal’asida Buxoro amiri Amir Shohmurod buyrugʻi bilan Qambariy tomonidan bunyod etilgan[1]. Madrasa gʻarbida Roʻzi Murod hovlisi, shimolida omma yoʻli va Arabboy hovlisi, sharqi omma yoʻli, janubida esa tahoratxona mavjud boʻlgan. Madrasa xonaqoh va 15 ta hujradan iborat boʻlgan. Xonaqoh vayron etilgan masjid oʻrniga qurilgan. Madrasaning sharqiy tomonida yana 2 ta hujra qurilgan. Madrasa hujralari 17 taga yetgan. Payshanba madrasasi manbalarda „Amir Jannatmakon madrasasi“, „Panjshanba xonaqohi madrasasi“, „Amir Jannatmakon madrasasi“, „Qambariy madrasasi“ „Panjshanba qoʻrgʻoni oliy madrasasi“ kabi nomlar bilan qayd etilgan. Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Amir Shohmurod buyrugʻi bilan tuzilgan vaqf hujjati yoʻqoladi va hijriy 1227 yil (1812) ishonchli kishilar koʻmagida qayta tiklanadi. Madrasa bunyodkori Qambariy ushbu madrasa va xonaqoh uchun Qirgʻiz qishlogʻida 50, Pashanba tegishli Quruq mavzesida 15 , Yodgorxona mavzesi va Navqa qal’asi yaqinida 8, Tabaron mavzesida 8 tanob yerni vaqf qiladi. Mutavvali vaqf hosilidan ushr olgan. Mazkur vaqf hujjati qozi ul-quzzot Mir Nosir ibn Miri Miron Mir Abdulloh va qozi Boboxoja ibn Xoja Abdukarim muhrlari bilan tasdiqlangan. Vaqf hujjatini Samarqand viloyati vaqf ishlari boshqaruvchisi V.L Vyatkin rus tiliga tarjima qilgan. V.L Vyatkin tadqiqotlariga koʻra madrasa pishiq gʻisht va ganchdan mustahkam qurilgan. Hovlisi uzunasiga 10 sajen, oyoq tagiga pishiq gʻishtdan terilgan, 15 hujrada 2 nafardan talaba yashab, tahsil olgan. Har biri alohida eshikli, xonalar tepasi gumbazli va yorugʻlik tushib turishga moʻljallangan. Hujralar yonida pishiq gʻishtdan minora ham boʻlgan[2].


Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Payshanba madrasasi 15 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520 bet.