Paygʻambar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Paygʻambar (Islom)dan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Paygʻambar (forschadan — xabar keltiruvchi, xabar yetkazuvchi) — iudaizm, xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni Allohning izni bilan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning taqdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambarlar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta — Jabroildir. Baʼzida Alloh Paygʻambarga bevosita vahiy yuborishi, u bilan gaplashishi ham mumkin. Paygʻambarlarning adadi Qurʼon, hadis va tarixiy kitoblarda qatʼiy koʻrsatilmagan. Baʼzi manbalarda ular 124 mingta deyilgan. Qurʼonda Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Is‘hoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad (as) kabi Paygʻambarlarning nomi zikr etilgan. Aksariyat Paygʻambarlarning nomi Tavrot va Injilda ham qayd etilgan. Paygʻambarlarning birinchisi Odam (as), oxirgisi Muhammad (s.a.v) sanaladi. Paygʻambarlar har qanday gunohlardan pok hisoblanadilar.

Qur’onda nomi zikr etilgan paygʻambarlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1.1 Odam آدم
  • 1.2 Idris (Enoch) ادريس
  • 1.3 Nuh (Noah) نوح
  • 1.4 Hud (Heber) هود
  • 1.5 Solih (Shelah) صالح
  • 1.6 Ibrohim (Abraham) ابراهيم
  • 1.7 Lut (Lot) لوط
  • 1.8 Ismoil (Ishmael) اسماعيل
  • 1.9 Is’hoq (Isaac) اسحاق
  • 1.10 Yaʼqub (Jacob) يعقوب
  • 1.11 Yusuf (Joseph) يوسف
  • 1.12 Ayyub (Job) أيوب
  • 1.13 Shuayb (Jethro) شعيب
  • 1.14 Muso (Moses) موسى
  • 1.15 Horun (Aaron) هارون
  • 1.16 Zulkifl (possibly Ezekiel) ذو الكفل
  • 1.17 Dovud (David) داود
  • 1.18 Sulaymon (Solomon) سليمان
  • 1.19 Ilyos (Elijah) إلياس
  • 1.20 Alyasa (Elisha) اليسع
  • 1.21 Yunus (Jonah) يونس
  • 1.22 Zakariyo (Zacharias) زكريا
  • 1.23 Yahyo (John the Baptist) يحيى
  • 1.24 Iso (Jesus) عيسى
  • 1.25 Muhammad محمد


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Paygʻambarlar qissasi, Toshkent, 1993
  • Hazrati paygʻambar hayoti, Toshkent, 1997-yil.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil