Pavel Smolyachenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Smolyachenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Smolyachenko
Tavallud sanasi 1-dekabr 1991-yil (1991-12-01) (32 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Neftchi 33 (5)
2013 Lokomotiv 2 (0)
2013—2014 Neftchi 30 (0)
2015 Dinamo Samarqand 9 (0)
2015—2016 Buxoro 16 (0)
2016—2017 Andijon 13 (0)
2017—2018 ATM FA 12 (6)
2018—2019 Metallurg 24 (0)
2019 Arema 4 (0)
2021 Istiqlol Fargʻona 1 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Oʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2015-yil 22-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2011-yil 11-noyabr uchun)

Pavel Smolyachenko (1991-yil 1-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, hozirda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pavel Smolyachenko professional faoliyatini 2010 yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan.[1] 2010-2012-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida toʻp surgan va birinchi mavsumdayoq 4 ta oʻyinda maydonga tushgan[2]. „Neftchi“ tarkibida Smolyachenko uch mavsum oʻynadi va shu vaqt ichida oʻttiz uchta oʻyinda maydonga tushib, beshta gol urdi[3][4]. 2013-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida yarim mavsum toʻp surgandan soʻng yana Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtdi. 2015-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtgan. Ikkinchi davradan „Buxoro“ga oʻtdi[5][6][7]. 2019-yilning yanvar oyida u Arema klubiga oʻtdi[8]. 2021-yilgi mavsumda „Istiqlol“ jamoasida faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan[9]. 2011-yilda Oʻzbekiston milliy va olimpiya terma jamoasining oʻsha paytdagi murabbiyi Vadim Abramov unga eʼtibor qaratdi, Smolyachenko Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida oʻynay boshladi. Terma jamoa tarkibida Smolyachenko bitta oʻyin oʻtkazdi – 2011-yil 25-martda Chernogoriyaga qarshi[10].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arema

  • Indoneziya Prezidenti kubogi: 2019[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]