Pavel Pavlov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Pavel Pavlov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Valeryevich Pavlov
Tavallud sanasi 12-iyun 1982-yil
Tavallud joyi Oʻz SSR, USSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003 Neftchi 3 (0)
2004-2006 Sementchi - (40)
2007 Andijon 8 (1)
2007-2008 Lokomotiv 13 (2)
2009 Soʻgʻdiyona 13 (2)
2009-2010 Shoʻrtan 21 (1)
2011 Neftchi Qoʻchqor-Ota - (4)
Milliy terma jamoa
Oʻzbekiston U20
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Pavel Valeryevich Pavlov (1982-yil 12-iyun) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Hozir u „Verxnyaya Pyshma“ FK Lider jamoasiga murabbiylik qilmoqda.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan, 3 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Keyin „Sementchi“ safida uch mavsum birinchi ligada oʻynadi va 2005-yilda 29 ta gol bilan turnir toʻpurari boʻldi.

2007-yildan beri u yana oliy ligada oʻynab, „Andijon“, "Lokomotiv" (Toshkent), „Soʻgʻdiyona“ va "Shoʻrtan" klublari sharafini himoya qilgan.

U O‘zbekiston oliy divizionida jami 58ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urgan.

2011-yilda Qirgʻizistonning oʻsha paytdagi chempioni "Neftchi" (Qoʻchqor-Ota) jamoasiga kelib qoʻshildi. Bu jamoa bilan u 2011-yilda „Dordoy“ga qarshi o‘yinda (2:1) gollardan birini kiritib , Qirg‘iziston Superkubogi sohibiga aylandi, shuningdek, Qirg‘iziston chempionati kumush medali sovrindori va mamlakat kubogi finalchisiga aylandi. AFC Prezidenti Kubogi bahslarida u Myanmaning „Yadanarbon“ jamoasiga qarshi o‘yinda (8:2) xet-trik qayd etib, 5 uchrashuvda 5 ta gol urdi.[1] 2011-yilgi mavsum yakunida u FFKR[2] ga koʻra Qirgʻiziston chempionatining legionerlar ramziy terma jamoasiga kiritilgan.

Keyingi taqdir nomaʼlum.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]