Pauer-akkord

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
E5 (mi5) pauer-akkordi eshit

Pauer-akkord (ingl. power chord) — asosiy tondan va kvintadan iborat akkord. Pauer-akkordlar eng koʻp elektrogitara chalishda „overdrive“ yoki „distortion“ effektlari bilan qoʻllaniladi.[1] Bunday akkordlar asosan rock musiqada uchraydi.[2]

Pauer-akkordlar musiqaga kuchli va shiddatli tuvush beradi. Shuning uchun ham ular inglizcha power chord (power — kuch, quvvat va chord — akkord) deb nomlanadi. Pauer-akkordlar odatda akkompanementda qoʻllaniladi. Ularda tersiya tonining yoʻqligi solochi uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratadi.

Tarixi[tahrir]

Pauer-akkordlardan foydalangan ilk musiqachilarning biri Link Wray

Musiqa asarlarida ilk bor pauer-akkordlarni kim ishlatgani haqida turli fikrlar mavjud. Eng keng tarqalgan versiyaga koʻra, pauer-akkordlarni Link Wray oʻylab topgan.[3] Wray 1958-yil oʻzining „Rumble“ instrumental asarida pauer-akkordlarni qoʻllagan.

Shunday boʻlsada, pauer-akkordlar Wray asarlaridan oldinroq yozilgan ammo sotuvda katta muvaffaqiyatga erishmagan asarlarda uchraydi. Robert Palmerga koʻra, 1950-yillarda Sun Recordsda ishlagan blues gitarachilar Willie Johnson va Pat Hare pauer-akkordlarning haqiqiy yaratuvchilaridir. Bunga Johnsonning Howlin' Wolfning „How Many More Years“ (1951-yil yozilgan) qoʻshigʻidagi, Harening James Cottonning „Cotton Crop Blues“ (1954-yil yozilgan) qoʻshigʻidagi ijrosi dalil boʻlishi mumkin.[4]

1964-yil The Kinks guruhining pauer-akkordlardan tuzilgan „You Really Got Me“ qoʻshigʻi mashhur boʻldi.[5] Bu qoʻshiqning riffi tez almashinuvchi pauer-akkordlardan iborat.

Pauer-akkordlarning yanada keng tarqalishida Black Sabbath va Deep Purple singari heavy-metal guruhlar muhim rol oʻynadi.

Analizi[tahrir]

„Distortion“ effekti ishlatilganda signal spektrida koʻp sonli garmonikalar hosil boʻladi. Juft garmonikalar asbob tembriga koʻlam va teranlik bagʻishlaydi. Toq garmonikalar boʻlsa asosiy ton bilan konsonansda boʻladi, ammo bir necha nota birdaniga chalinganida ular boshqa asosiy ton va uning garmonikalari bilan dissonansda boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, intermodulyatsiya sabab „distortion“ ishlatilganda birdaniga chalingan notalar garmonikalari chastotalari yigʻindisi va farqida qoʻshimcha tovushlar chiqadi.

Odatda akkordlar uch notadan iborat boʻladi. Shuning uchun „distortion“ effekti ishlatilganda uch juft nota shakllanadi va dissonans keltirib chiqaruvchi uchta ikkinchi darajali tovush hosil boʻladi. Pauer-akkordlarning oʻzgachaligi ularda ham asosiy tonlar garmoniyalari, ham chastotalar farqidan kelib chiquvchi tovushlar asosiy tonlar bilan garmoniyada boʻladi. Shu sabab pauer-akkordlar kuchli „distortion“ qoʻllanilganda ham oddiy akkordlardan tozaroq va kuchliroq tovush chiqaradi.[6] Aynan shuning uchun bunday akkordlar pauer-akkordlar (ingl. powerfulkuchli) deb nomlanadi.

Pauer-akkord tarkibidagi tovushlar kvinta hosil qiladi. Kvinta oktavadan keyingi eng mukammal konsonant intervallarning biridir. Shuning uchun ham pauer-akkord „distortion“ effektisiz ham nisbatan kuchli tovush chiqaradi.[7]

Terminologiyasi va tasnifi[tahrir]

Pauer-akkord tuzishning ikki asosiy usuli bor: ikki nota boʻyicha (asosiy va kvinta tonlar boʻyicha)[8] va uch nota boʻyicha (asosiy ton, kvinta ton va bir oktava yuqori asosiy ton boʻyicha).[9] Ikki notadan tuzilgan pauer-akkord klassik musiqada akkord emas, balki interval hisoblanishiga qaramasdan,[10] bu atama rock musiqachilar va gitarachilar orasida keng tarqalgan.

Pauer-akkordlar tersiyasiz akkordlarga kiradi va 5 raqami bilan belgilanadi (C5 (do5), D5 (re5) va hokazo). Kvintalar boʻyicha tizilgan pauer-akkord kvintakkord hisoblanadi. Shining uchun bu akkordlar bilan elektrogitara chalishni „kvintalar bilan chalish“ deb atashadi.[11] Asosiy tonni bir oktava yuqoriga siljitib hosil qilingan kvintakkord turi „kvartakkord“ deb nomalandi. Ammo bunday akkordlarni belgilashning standart uslubi yoʻq va ular oz ishlatiladi.[12]

Pauer-akkordlarda tersiya toni yoʻq. Shuning uchun ular major ham, minor ham emas. Pauer-akkordlarni ham major, ham minor akkompanementda ishlatish mumkin boʻlgani uchun ularni baʼzan „universal akkordlar“ deb atashadi.[13]

Tuzilishi[tahrir]

Pauer-akkord tarkibidagi asosiy va kvinta tonlar bir oktavadan keyin takrorlanishi mumkin boʻlgani uchun, har qanday akkordni bir necha usulda chalish mumkin. Pauer-akkord tuzishning quyidagi asosiy usullari mavjud (asosiy va kvinta tonlar mos ravishda 1 va 5 raqamlari bilan belgilangan):

F5chords.png

  • 1-5 — toza kvinta (A);
  • 1-5-1 — kvintakkord (B);
  • 5-1 — toza kvarta (C); asosiy ton tashlab oʻtilgan deb tushunilgani uchun bunday akkordlar ham pauer-akkordlar hisoblanadi;
  • 5-1-5 — kvartakkord;
  • 1-5-1-5 va 5-1-5-1 — bir oktavadan keyin olingan toza kvinta va toza kvarta (D).

Pastki registrdagi akkordlar guvillagan va tushunarsiz tovush chiqarishi mumkin. Yuqori registrdagi akkordlar boʻlsa sust va sayoz tovush chiqarishi mumkin. Shuning uchun pauer-akkordlar asosan oʻrta registrda olinadi.

Applikaturasi[tahrir]

Gitarada pauer-akkordlarni chalish uchun odatda bitta applikatura lozim xolos. Kerakli akkordga mos keluvchi pardani tanlab turib panjalarni torlar boʻylab siljitish mumkin.[14]

Standart soz[tahrir]

Standart sozlangan gitarada 1-5-1 kvintakkordiga misol

1-5-1 kvintakkordini oltinchi simdan quyudagicha qilib chalish mumkin: asosiy ton istalgan pardada olinadi, kvinta ton — beshinchi simda ikki parda pastroqda olinadi, bir oktava yuqori asosiy ton — toʻrtinchi simda ikki parda pastroqda olinadi. Beshinchi simdan ham akkordlar shu tarzda chalinadi. Toʻrtinchi va uchinchi simlardan ham akkord shu tarzda olinadi, faqat ikkinchi va birinchi simlarda tovushlar bir parda yuqori olinadi.

1-5 toza kvintasi ham kvintakkorddek chalinadi, ammo uch simning eng balanddi chalinmaydi.

        G5     A5     D5     E5     G5     A5     D5     A5
E||----------------------------------------------(10)---(5)----|
B||--------------------------------(8)----(10)----10-----5-----|
G||------------------(7)----(9)-----7------9------7------2-----|
D||----(5)----(7)-----7------9------5------7-------------------|
A||-----5------7------5------7---------------------------------|
E||-----3------5-----------------------------------------------|


5-1 toza kvartasini bir panja bilan chalish mumkin. Masalan, Deep Purple guruhining „Smoke on the Water“ qoʻshigʻidagi riffni shu tarzda chalish mumkin:

„Smoke on the Water“ qoʻshigʻida toza kvintalar bilan chalingan riff
     G5/D Bb5/F C5/G         G5/D Bb5/F Db5/Ab C5/G
E||------------------------|----------------------|
B||------------------------|----------------------|
G||*--0---3---5------------|---0---3---6---5------|
D||*--0---3---5------------|---0---3---6---5------|
A||------------------------|----------------------|
E||------------------------|----------------------|
|-----------------------|---------------------||
|-----------------------|---------------------||
|--0---3---5---3---0----|--------------------*||
|--0---3---5---3---0----|--------------------*||
|-----------------------|---------------------||
|-----------------------|---------------------||

5-1-5 kvartakkordini oltinchi va beshinchi simlardan ikki panja bilan chalish mumkin: pastki ikki simni bir panja bilan, yuqorigi simni boshqa panja bilan ikki parda yuqorida bosish mimkin. Toʻrtinchi va uchinchi simlarda kvartakkord chalganda ikkinchi va birinchi simlardagi notalar bir parda yuqorida chalinadi. Bu hollarda pauer-akkordning asosiy toni kvartakkordning pastki emas, balki oʻrtanchi notasi boʻladi.

        D5     E5     G5     A5     D5     A5     D5     G5
E||-----------------------------------------------5------10----|
B||---------------------------------10-----5------3------8-----|
G||-------------------7------9------7------2-----(2)----(7)----|
D||-----7------9------5------7-----(7)----(2)------------------|
A||-----5------7-----(5)----(7)--------------------------------|
E||----(5)----(7)----------------------------------------------|

Pasaytirilgan soz (Dropped D tuning)[tahrir]

Pasaytirilgan sozda (ingl. Dropped D tuning) oltinchi tordan boshqa barcha torlarda pauer-akkordlar standart sozdagidek olinadi. Pasaytirilgan sozda kvintakkordlarni oltinchi tordan bir panja bilan chalish mumkin. D5 (re5) akkordini boʻlsa uch torni ochiq chalib chiqazish mumkin:

     D5      E5
E||----------------
B||----------------
G||----------------
D||--0-------2-----
A||--0-------2-----
D||--0-------2-----

Odatda pauer-akkordlar koʻpi bilan uch torda olinadi. Ammo pasaytirilgan soz bunday akkordlarni toʻrt, besh va hatto olti torda chalish imkonini yaratadi:

E||--------------------------5---
B||--3-------5-------7-------3---
G||--2-------4-------6-------2---
D||--0-------2-------4-------0---
A||--0-------2-------4-------0---
D||--0-------2-------4-------0---

Manbalar[tahrir]

  1. Kvint-akkordlar (ruscha). AmDm.ru. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11).
  2. FAQ: Musiqiy teoriya (ruscha). Guitar.ru. Asl nusxadan arxivlandi (2012-04-12).
  3. Link Wray tarixi (ruscha). ofmusic.ru. Asl nusxadan arxivlandi (2012-04-12).
  4. (1992) "Church of the Sonic Guitar", Present Tense: Rock & Roll and Culture. Durham, N.C.: Duke University Press, 13-38. ISBN 0-8223-1265-4. 
  5. (1993) Running with the Devil: Power, Gender, and Madness in Heavy Metal Music. Middletown, Connecticut: Wesleyan University Press, 9. ISBN 0-8195-6260-2. 
  6. Avduyevskiy, Aleksandr. Kuchaytirish va yuklash (ruscha). Gutars.ru. 2014-11-15.
  7. Musiqa teoriyasi (ruscha). Krugosvet onlayn ensiklopediyasi. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11).
  8. (2005) The Complete Idiot's Guide to Music Theory, 2nd, Indianapolis, Indiana: Alpha, 122-315. ISBN 978-1592574377. 
  9. Gitara atamalari lugʻati (inglizcha). Mel Bay Publications, Inc.. Asl nusxadan arxivlandi (2012-04-12).
  10. Akkord (ruscha). Klassik musiqa. Asl nusxadan arxivlandi (2012-04-12).
  11. Power chords. Kvintalar bilan chalish (ruscha). MetalTab.ru. Asl nusxadan arxivlandi (2012-04-12).
  12. Akkordlar tasnifi (ruscha). Guitar Studio. Asl nusxadan arxivlandi (2007-07-01).
  13. (2008) Гитара для чайников. Москва: Диалектика, 304. ISBN 978-5-8459-0815-5. 
  14. Boshlovchilar uchun elektrogitara. 5-dars (ruscha). novmuz.net. Asl nusxadan arxivlandi (2012-04-12).

Havolalar[tahrir]