Patrick Kluivert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Patrick Kluivert (Klaivert)[1] (niderl.Patrick Kluivert)—gollandiyalik futbolchi, hujumchi.1976-yil 1-iyulda Niderlandiyaning Amsterdam shahrida tavallud topgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kluivert „Ayaks“ning 1990-yillardagi oltin avlodining bir qismi edi.U „Ayaks“ga yoshlar akademiyasidan kelgan.1994-yilning 21-avgustida 18 yoshida Niderlandiya Superkubogida „Feyenoord“ga qarshi oʻyinda kattalar safida debyut qilgan va oʻsha oʻyinda ilk golini urgan.1994/95-yilgi mavsumda Edgar Devids,Klarens Zeedorf,Yari Litmanen,Edvin van der Sar kabi futbolchilar 1994/95-yilgi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan „Ayaks“ga yoshlar jamoasidan kelib qoʻshilishdi. Final uchrashuvining 85-daqiqasida Italiyaning „Milan“ klubi darvozasiga yagona gol Kluivert tomonidan kiritildi.

1997-yilda u yangi shartnomadan bosh tortdi va erkin agent sifatida „Milan“ga oʻtdi.Uning „Milan“dagi faoliyati yaxshi boshlandi.U oʻrtoqlik oʻyinida „Yuventus“ darvozasiga shov-shuvli gol urdi.Biroq bu vaqtda Kluivert muammolarga duch kela boshladi.Kluivert piyodani oʻlimiga olib kelgan piyodalar yoʻlagida piyodani urib yuborganligi uchun (09.09.1997), jamoat ishlari va jazo sifatida bir umrlik haydash taqiqini oldi.U zoʻrlashda ham ayblangan, ammo keyinchalik dalil yoʻqligi sababli oqlangan.Italiyada u atigi 9 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

1998-yilda Kluivert "Barselona" ga yoʻl oldi va u yerda darhol asosiy tarkibda Rivaldo va Luish Figu bilan birgalikda kuchli hujum uchburchagini tashkil qildi.Kluivert bilan „Barselona“ 1999-yilda Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritdi.U „Barselona“ safida jami 255 ta oʻyin oʻtkazib,120 ta gol urgan. Futbolchining koʻk-anorranglilar lageridan ketishi jamoa uchun ayni muddao boʻldi.Takroriy jarohatlar, mashgʻulotlar rejimiga rioya qilmaslik va klub ichida taʼkidlanganidek — „jamoadoshlariga salbiy taʼsir“ klub rahbariyatining niderlandiyalik futbolchi bilan xayrlashish qaroriga nuqta qoʻydi.

2004-yilda Tumanli Albionga yoʻl oldi. „Nyukasl Yunayted“da Kluivert Alan Shirer bilan juftlikda hujumda oʻynadi. Kluivert yangi klubida yorqin oʻynay boshladi, biroq tizzasidagi doimiy jarohatlar mavsumning ikkinchi qismida oʻynashga imkon bermadi. Kluiver yangi shartnoma imzolashni istamadi va Ispaniyaga qaytishga qaror qildi.

Kluivertning yangi klubi „Valensiya“ edi.Eʼtiborlisi uning shartnomasida klubga oʻyinchini maydon tashqarisida qoidabuzarlik qilgan taqdirda ishdan boʻshatishga ruxsat beruvchi band bor edi.Jarohat yana Kluivertning oʻzini koʻrsatishiga toʻsqinlik qildi, u „Valensiya“da atigi 202 daqiqa oʻynadi va mavsum oxirida u boshqa klub izlay boshladi. Bunga „Valensiya“ rahbariyati xalaqit bermadi.

Kluivertning vatani „Ayaks“ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga qaramay,Kluivertning yangi klubi Amsterdamliklarning prinsipal raqiblaridan biri boʻlgan „PSV“ klubi futbolchi u bilan bir yillik shartnoma imzoladi.Mavsumning birinchi yarmidagi ikkita jarohat Kluivertga yana bir bor biror narsaga erisha olishiga halaqit berdi. Yangi jamoasida 16 oʻyinda u bor yoʻgʻi 3 gol urdi."Philips" stadionida „Ayaks“ga qarshi oʻyinda Kluivert sobiq jamoasi darvozasiga urgan golini nishonlamadi.Mavsum oxirida na PSV,na Kluivert shartnomani uzaytirishni istashmadi.

„Sheffild Uensdey“ klubi taklifini rad etib,Kluivert Fransiyaning „Lill“ klubiga oʻtdi, unda u yana oʻzining avvalgi oʻyin darajasini koʻrsata olmadi va mavsum oxirida klub bilan yangi shartnoma imzolamadi.2008-yilning yozida Kluivert Niderlandiyaning „AZ“ klubiga oʻtdi va u yerda bosh murabbiy Lui van Galning yordamchisi boʻlib ishladi. 2009/10-yilgi mavsumda u murabbiylik faoliyatini „PSV“da davom ettirdi va u yerda yoshlar jamoasida ishladi.2010/11-yilgi mavsumda u "Neymegen"ga koʻchib oʻtdi va u yerda hujumchilarga ustozlik qildi.Oʻsha mavsumda aynan „Neymegen“ hujumchisi Byorn Vleminks Niderlandiya chempionatida toʻpurarlar poygasida peshqadamga aylangandi.

2018-yilning yozidan boshlab u Kamerun terma jamoasida Klarens Zeedorfning murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi[2].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa uchun Dik Advokat boshchiligidagi ilk oʻyin 1994-yilning 16-noyabrida Chexiyaga qarshi oʻtkazilgan.U ilk golini 1996-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Maltaga qarshi oʻyinda kiritgan.

Niderlandiyaning oʻzida boʻlgan Yevro-2000 haqiqiy gʻalabaga aylandi."Oltin avlod" jamoasi guruh bosqichida jozibali oʻyin koʻrsatdi. Unda Kluivert Daniya va Fransiya terma jamoalari darvozasiga gol urdi, keyin Niderlandiya chorak finalda Yugosloviya terma jamoasini 6:1 hisobida butunlay magʻlub etdi.Oʻsha oʻyinda Kluivert 3 ta gol urdi.Oʻyin oxirigacha uning toʻrtinchi goli muommoli boʻlib, bu bahsli masala edi, ammo oʻyindan keyin Kluivert Deyan Govedaritsa darvozasini kesib oʻtganini aytdi[3].Natijada Kluivert beshta gol bilan Yevro-2000ning eng yaxshi toʻpurari boʻldi (Yugoslaviyalik Savo Miloshevich bilan birga) va musobaqaning ramziy terma jamoasiga kirdi[4].Yarim finalda Niderlandiya Italiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida (0:0; 1:3 pen.) magʻlub boʻldi va yakunda 3-4-oʻrinlarni boʻlishib oldi.Oʻsha yarim finalda penaltilar seriyasidan soʻng, ajoyib oʻynagan Franchesko Toldoga penaltidan gol urgan yagona niderlandiyalik edi.

Shundan soʻng Kluivertning terma jamoadagi faoliyati pasaya boshladi. Jamoa asosiy raqobatchilar- Portugaliya (0:2) va Irlandiya (0:1)ga yutqazib,Yaponiya va Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga chiqa olmadi.Terma jamoada uning oʻrniga maydonga hujumchi Rud van Nistelroy tusha boshladi,Kluivert asosan zahirada, keyin esa oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tusha boshladi. Portugaliyada boʻlib oʻtgan Yevro-2004 u hech qachon maydonga tushmay musobaqa uchun eʼlon qilingan qaydnomaga kirgan yagona oʻyinchiga aylandi.Oʻshandan beri Marko van Basten terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangach, Kluivert 2004-yildan beri terma jamoaga chaqirilmadi.Kluivert terma jamoadagi soʻnggi golini 2003-yil 11-oktabrda Moldova terma jamoasi darvozasiga, soʻnggi oʻyinini esa 2004-yil 5-iyunda Irlandiyaga qarshi oʻtkazgan.

Kluivert terma jamoa safida 79 ta oʻyin oʻtkazgan (Dennis Bergkamp bilan bu borada 7-8-oʻrinlarni boʻlishib turibdi).Terma jamoa safida 40 ta gol urgan u oʻz tarixidagi ikkinchi toʻpurar hisoblanadi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Ayaks"
"Barselona"
"PSV"

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi baland boʻlishiga qaramay, Kluivert ajoyib muvofiqlashtirish va tezlikka ega edi.Uning puxta texnikasi va bir tepar oʻyini uni dunyodagi eng yaxshi pas beruvchi hujumchilardan biriga aylantirdi.Niderlandiyalikning kuchli tomonlaridan biri bu „ikkinchi qavat“dagi oʻyin edi.

2002-yil 22-dekabrda „Barselona“ Lui van Gal boshchiligida navbatdagi tur oʻyinda „Malorka“ bilan uchrashish kerak edi.Uchrashuv 4:0 hisobida „koʻk-anorranglilar“ foydasiga hal boʻldi.Kluivert xet-trik qayd etdi. Niderlandiyalik oʻyindagi uchinchi toʻpini tovoni bilan darvozaga yoʻllab, raqiblar darvozaboni Leo Frankoni dogʻda qoldirdi.Bu gol futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biri hisoblanadi.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Kennet Ramon Kluivert-Surinamlik professional futbolchi boʻlgan.Onasi Kyurasao orolida tugʻilgan.Kluivertning birinchi nikohi 2000-yilda qayd etilgan-rafiqasi Anjela van Xulten.Oilada uchta oʻgʻil tugʻilgan.Ruben,Kvinsi va Jastin.Uch oʻgʻil ham ota izidan borib, futbolchi boʻlishdi-Ruben „OFK“ yoshlar jamoasida,Kvinsi „Vitess“ yoshlar jamoasida,Jastin esa Italiyaning „Roma“ jamoasida oʻynaydi[6].Biroq turmush oʻrtoqlarning birgalikdagi hayoti natija bermadi va Kluivert ikkinchi marta turmush qurdi.Uning tanlagani Rosanna Lima edi, er-xotinning Sheyn ismli oʻgʻli bor, u ham futbolchi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Soglasno niderlandsko-russkoy prakticheskoy transkripsii, pravilnim variantom peredachi yavlyaetsya Klyoyvert (gollandskoe proiznoshenie Klayvert ne yavlyaetsya normativnim), odnako v russkoyazichnix istochnikax naibolee rasprostranyon transliteratsionniy variant Klyuyvert.
  2. „Cameroon considering Seedorf-Kluivert double act“ (en). ESPN.com (30-iyul 2018-yil). 3-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-iyun 2019-yil.
  3. „• Газета. Ru: Голландия-Югославия 6:1“. 10-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2008-yil.
  4. „The Search Engine that Does at InfoWeb.net“. 17-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2008-yil.
  5. Naryadu s Rudom van Nistelroem.
  6. „Крошка сын в отца пошел. Новое поколение футбольных династий“. 6-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-oktabr 2019-yil.
  7. „Shane Kluivert“ (ru). www.transfermarkt.world. Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]