Pat Boone

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Patrik Charlz Eugene Boone[1] amerikalik mashhur aktyor va qoʻshiqchi hisoblanadi (1934-yil 1-iyunda tavallud topgan). 1950-19060-yillar orasida Patrik mashhur pop qoʻshiqchisi boʻlgan. U oʻz faolyati davomida 45 million donadan ortiq kosetalar sotgan hamda 38 ta Top 40 musiqalar albomi boʻlgan, bundan tashqari 12 ta Hollywood filmlariga sur'atga tushgan.

Billboard bergan malumotlar shuni koʻrsatadiki, boone 1950-yillar oxirida faqatgina Elvis Preslidan ortda qolgan va ikkinchi oʻrinni egallagan, bundan tashqari 1955-1995 yilar orasida Top 40 sanʼatkorlar orasida 9-oʻrinni egallagan[2]. 2010-yillarga kelib esa Boone har hafta bir yoki bir nechta qoʻshiqlar chiqarib etme-ket 220 hafta sotganligi uchun Billboard rekordini oʻrnatgan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boonening ota-onasi Margaret Virginia va Archie Altman Boone hisoblanadi. Boone esa 1934-yilning 1-iyunida Florida shtatidagi Jeksonvill shahrida dunyoga keladi.Ammo Boonening yoshlik yillari Tennessi shtatining Nashvill shahrida oʻsgan, chunki ularning oilasi Boone ikki yoshligida bu shaharga koʻchib kelishgan. 1952-yilda Neshvildagi Devid Lipskomb oʻrta maktabini Boone aʼlo baholar bilan tugatadi. Boonening ukasi ham bor va uni ismi Nik Todd. Nik ham 1950-yillarda pop musiqachi sifatida oʻz faolyatini olib borgan, ammo keyinchalik cherkovdagi musiqa jamoasini yol boshchisi boʻlgan[3].

Boonening qo'l izlari va poyabzal izlari Disney World ning Disney's Gollivud studiyalarida The Great Movie Ride oldida.

Musiqa olamidagi kareyrasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boone oʻzning karerasini Nashvillening Centennial Park sahnna koʻrinishidagi chiqishi bilan boshlagan. 1953-yil aprel oyiga kelib Boone oʻzining Republic Records albomi uchun musiqalar yoziwni boshlagan va 1955-yilga kelib Dot Records musiqa albomini bitirgan. 1955-yilda Fats Dominoning versiyasi boʻlgan Ainʼt That a Shame qoʻshigʻi oʻsha yillarning eng mashhur musiqasi boʻlgan. bu qoʻshiq Boonening kerarasiga boʻlgan ilk qadam edi.


Filmga qoʻshgan hissasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1956-yilga kelib Boone AQShdagi eng mashhur musiqa albomlari egasi boʻlganligi sababli, unga bir qancha kino kompaniyalaridan sur'atga tushish uchun taklif kelib tushadi va 20th Century Fox kino kompaniyasi bilan ishlashga rozilik bildiradi. Chunki bu kompaniya Elvis Presley ham kino olamidagi ilk qadamini shu kompaniya bilan tashlagan. Ularning birinchi sur'atga tushirgan filmi AQShda $3.75 million daromad keltirgan[4].


Etiqodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boone Christ cherkovida oʻsgan.[5] 1960-yillarga kelib Boonening rafiqasi Shirley Foleyning oʻlimi yaqinlashib qoladi. Chunki Shirley juda ham koʻp tungi bazmlarga borar edi va alkagolga mukkasidan ketgan edi. Ammo Shirley Charismatic Movement bilan muloqot qilganidan soʻng oʻzining etiqodiga rioya qilish boshladi va sogʻayib ketti. Hamda ularning ikta qizlari ham dinga katta etibor bergan, ayni damda esa ular Inglewood Church of Christga tez tez borib turishadi.


  1. Current Biography Yearbook. New York City: The H.W. Wilson Company, 1959. 
  2. Joel Whitburn. Billboard Book of Top 40 Hits, The. Billboard, 1996 — 806 bet. 
  3. Parish, James Robert. Hollywood Songsters: Allyson to Funicello. Routledge, 2003-yil iyul — 99 bet. ISBN 978-0-415-94332-1. 2010-yil 23-iyulda qaraldi. 
  4. Schallert, Edwin. Dean Jagger romances Gaynor; Deal to join Fairbanks and Dragon. Los Angeles Times (24-yanvar 1957-yil), s. C9.
  5. „The religion of Pat Boone, singer“. Adherents.com. 2005-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2010-yil.