Qora korinka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Passerina nerodan yoʻnaltirildi)

Qora korinka, Passerina nero, Panariti — ertapishar mayda gʻujumli urugʻsiz uzum navi. Vatani — Gretsiya. Italiya, Angliya, AQSH (Kaliforniya), Avstraliya, shu jumladan, Oʻzbekistonda (kolleksion tokzorlarda) tarqalgan. Qora dengiz havzasi ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Bargi oʻrtacha, 3—5 boʻlmali, orqasida oqish tuklari bor. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, shakli silindrsimon (boʻyi 10—12 sm), gʻujump mayda (diametri 12—13 mm), rangi binafsha-qizil, mumgʻubor bilan qoplangan. Tarkibida qand miqdori 22-26%, nordonligi 5,5 — 7%. Eti shirin, poʻsti yupqa, Toshkent viloyati sharoitida kurtaklari boʻrtganidan keyin 118 kunda — avgust boshida pishib yetiladi. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Hosildorligi 100 s/ga. Yuqori sifatli, qandolatchilik sanoatida koʻp ishlatiladigan xushboʻy "Korinka" mayizi, vinolar tayyorlanadi.