Parvin Ardalan

Parvin Ardalan (forscha: پروین اردلان; 1967-yilda Tehronda tugʻilgan) kelib chiqishi kurdlardan boʻlgan Eronning yetakchi ayollar huquqlari faoli, yozuvchi va jurnalist[1]. 2007-yilda Eronda gender tengligi yoʻlidagi kurashi uchun Olof Palme mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yillarda Ardalan Nushin Ahmadiy Xurosoniy bilan birga Ayollar madaniyat markazini (Markaz-e Farhangi-ye Zanan) tashkil etgan. Shundan beri ushbu tashkilot Erondagi ayollar muammolari boʻyicha fikr shakllantirish, ularni tahlil qilish va hujjatlashtirish markazi hisoblanadi[3]. 2005-yildan beri tashkilot Erondagi ayollar huquqlari haqida ilk onlayn jurnal hisoblanmish „Zanestan“ jurnalini nashr etib kelmoqda. Ardalan esa ushbu jurnalda muharrir sifatida faoliyat olib boradi. Nashr nikoh, fohishalik, taʼlim, OITS va ayollarga nisbatan zoʻravonlik masalalarini yoritib kelgan.
Bir million imzo kampaniyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ardalan „Bir million imzo“ kampaniyasining asoschilaridan biri hisoblanadi[4]. Ushbu kampaniya ayollar uchun taqdim etiladigan teng huquqlar, jumladan, ayollarga qarshi kamsituvchi qonunlarni oʻzgartirish orqali bir million imzo toʻplashga harakat qilgan. Kampaniya doirasida Ardalan zoʻravonlik bilan bostirilgan norozilik namoyishlarida ham ishtirok etgan. 2007-yilda u Nushin Ahmadiy Xurosoniy bilan birga ayollar huquqlari uchun kurashganligi sabab „milliy xavfsizlikka tahdid“ aybi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik yana 4 nafar ayollar huquqlari faoli ham xuddi shunday jazoga hukm qilingan.
Fuqaroligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilda Shvetsiya Migratsiya agentligi Ardalanning Shvetsiyada doimiy yashash huquqini olishi boʻyicha qaror qabul qilgan. Ardalan Shvetsiyaga bundan 3 yil avval koʻchib borgan[5].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olof Palme mukofoti (2007-yil)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Olof Palme Prize 2007“. 2014-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-aprel.
- 1 2 „Palme Prize to Iranian Women's Rights Activist“. Huliq.com (2008-yil 14-fevral). Qaraldi: 2008-yil 4-may.
- ↑ Ullberg, Sara. „Palmepristagare stoppades på flyget“ (Swedish) (2008-yil 8-mart). Qaraldi: 2008-yil 4-mart.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Change for Equality, Official site of One million signatures campaign[Usurped!]
- ↑ „Parvin Ardalan får stanna i Sverige - kultur & nöje | SVT.se“. 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- youtube.com saytida Olof Palme mukofoti nutqi videosi
- Gender aparteidiga qarshi: Haideh Daragahining Parvin Ardalan bilan intervyusi