Nusrat Parpiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Parpiyev Nusrat Aʼzamovichdan yoʻnaltirildi)
Nusrat Agʻzamovich Parpiyev
Tavalludi 1931-yil 14-sentabr
Toshkent
Vafoti 2021-yil 27-iyul (89 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSROʻzbekiston Oʻzbekiston
Sohasi noorganik kimyo
Ish joylari Oʻzbekiston Milliy universiteti
Taʼlimi Markaziy Osiyo davlat universiteti Moskva davlat universiteti
Ilmiy darajasi Kimyo fanlari doktori

Nusrat Agʻzamovich Parpiyev[1] (1931-yil 14-sentabr[2], Toshkent — 2021-yil 27-iyul[3]) — sovet va oʻzbek kimyogari, Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1953-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetini, 1956-yilda Moskva davlat universitetida aspiranturasini tamomlagan. Kimyo fanlari nomzodi (1958-yil), kimyo fanlari doktori (1974-yil)[4]. Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori[5]. Oʻzbekiston Milliy universiteti professori[6]. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995-yil) lavozimlarida ishlagan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Noorganik kimyo bilan shugʻullangan, Oʻzbekistonda „Kompleks birikmalar kimyosi“ ilmiy maktabining asoschisi hisoblanadi. Rangli va nodir metallar va organik moddalar asosidagi kompleks birikmalarni oʻrgangan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Нусрат Агзамович Парпиев“. 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  2. „Бывшие члены Академии наук РУз“ (ru). Академия наук Узбекистана. 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  3. „Скончался ученый Нусрат Парпиев — президент выразил соболезнования“ (ru) (2021-yil 27-iyul). 2022-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  4. „Академик Нусрат Парпиев“ (uz). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  5. „World Directory of Crystallographers“ (en) (1997). Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  6. „Парпиев Нусрат Агзамович“ (ru). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  7. „Скончался член Академии наук Узбекистана Нусрат Парпиев“ (ru). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]