Parmenid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Parmenid Eleyalikdan yoʻnaltirildi)
Parmenid
Tavalludi mil. avv. 515
Vafoti mil. avv. 470

Parmenid (qadimgi yunoncha: Παρμενίδης ὁ Ἐλεάτης) – yunon faylasufi. Parmenid janubiy Italiyada istiqomat qiluvchi aslzoda, boy-badavlat xonadonda dunyoga keldi. U faylasuf Ksenofan va Pifagorning izdoshi Aminiydan saboq olgan. Eleya maktabi vakili. Anaksimandr va pifagorchilar bilan gʻoyaviy yaqin boʻlgan. Falsafadan tashqari qonunshunoslik bilan ham shugʻullangan. P. falsafasining asosida tafakkur bilan sezgilarni va shunga muvofiq ravishda tafakkur yordamida bilinadigan dunyo bilan sezgilar yordamida bilinadigan dunyoni bir-biridan keskin farqlash yotadi. Tafakkur bilan unga muvofiq keladigan (fikrda aks etgan) dunyoni "bir butun", "yagona", abadiy va qoʻzgʻalmas, bir xil, boʻlinmas va tugal deb bilgan. Borliq va tafakkurning aynanligini taʼriflab berishga urindi. Garchi, dunyoni hissiy bilishni inkor etmagan boʻlsada, ammo uni falsafiy va ilmiy tushunish uchun faqat hissiyotning oʻzi yetarli emas deb koʻrsatdi. P. fikricha, akl-idrok haqiqat mezo-nidir. P.ga koʻra, olamning asosida 2 birinchi materiya; yorugʻ va faol olov hamda qorongʻi va passiv massa yotadi, olam ularning qoʻshilishidan paydo boʻlgan. P.ning asosiy falsafiy asari "Tabiat toʻgʻrisida" dostonidir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil