Parmachak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parmachak (caesius) — ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar, chala butalar va butalar, baʼzan past boʻyli daraxtlar (tropiklarda) turkumi. Oʻzbekistonda begona oʻt hisoblanadigan guli oqish, mevasi qora-jigarrang. Poyasi sershox, tik usadi, boʻyi 50 sm dan 120 sm gacha. Barglari silindrsimon. Mevasi — koʻsakcha, dumaloq rezavor. Iyun-iyulda gullab mevalaydi. Bir oʻsimlik 40 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari qattiq qobiqli, Oʻzbekistonda namchil daraxtzorlarda, bog'larda, to'qayzorlar, ekinzor dalalarda begona oʻt sifatida koʻp uchraydi. Parmachakning dorivorlik xususiyati kuchli. Xalq tabobatida asosan nafas yoʻllari va qon-tomir xastaliklarini davolashda mevasi va bargidan foydalaniladi.[manba kerak]