Paralimpiya ramzlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paralimpiya ramzlariXalqaro Paralimpiya qo'mitasi tomonidan Paralimpiya o‘yinlarini targ‘ib qilishda foydalaniladigan nishonlar, bayroqlar va boshqa belgilar.

Shiori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya shiori – ,,Ruh harakatda”. Shior 2004-yilda Afinada bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida qabul qilingan [1] Oldingi shior 1994-yilda qabul qilingan bo‘lib, ,,Aql, tana, ruh” deb nomlangan[1] .

Paralimpiya ramzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya ramzi qizil, ko‘k va yashil rangdagi uchta agitosdan iborat bo‘lib, ular turli mamlakatlarning davlat bayroqlarida keng aks ettirilgan.

Paralimpiya o‘yinlarining ramzi oq maydonda bitta nuqtani o‘rab turgan qizil, ko‘k va yashil rangli uchta yarim oy ,,agitos”dan iborat. ,,Agitos” so‘zi lotincha harakat qilish, yo‘naltirish, intilish degan ma’noni anglatadi. Har bir agitos uchun ranglarni tanlash turli mamlakatlarning davlat bayroqlarida tez-tez uchraydigan ranglar kombinatsiyasi bilan bog‘liq. Paralimpiya ramzi Yevropaning yirik Scholz & Friends reklama agentligi tomonidan yaratilgan va 2003-yil aprel oyida tasdiqlangan [1] .

Paralimpiya ramzi birinchi marta 2003-yilda bosma nashrlarda qo‘llanilgan. 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ramzini namoyish etishda vaqt cheklovi bo‘lganligi sababli ularda yangi ramzdan foydalanilmagan. 2004-yilgi o‘yinlarning yopilish marosimida Pekinga yangi ramzli bayroq topshirilgan[2]. Yangi ramz birinchi marta 2006-yilda Turindagi Qishki Paralimpiya o‘yinlarida Paralimpiya emblemasi sifatida namoyish etilgan[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi Paralimpiya logotipi (1988-1994)

Birinchi Paralimpiya logotipi 1988-yilda Seulda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun koreys alifbosiga asoslangan holda yaratilgan (Хаngil: 파; Хаnja: 巴), ulardan ikkitasi Janubiy Koreya bayrogʻining markazida joylashgan. Birinchi Paralimpiya bayrog‘ida Olimpiya halqalaridagi kabi ranglarga ega bo‘lgan beshta yarim halqadan foydalanilgan: ko‘k, qora, qizil, sariq va yashil [1] .

1990-yil 6-oktabrda Butunjahon nogironlar sporti tashkilotining (ICC) Xalqaro muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) ramzini oʻzgartirmoqchi ekanligini eʼlon qilgan[1][4]. 1991-yilda Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasi (IPC) uchun yaratilgan yangi logotip oltita yarim halqadan iborat bo‘lgan. 1991-yil noyabr oyida IPC a’zolari besh elementli ramzni yaratib, yangi yaratilgan logotipga qarshi ovoz bergan. Shuningdek, XOQ, agar belgi o‘zgarmasa, IPC bilan kelgusidagi hamkorlikni rad etishini keskin ta’kidlagan.

Paralimpiya o‘yinlarining ikkinchi logotipi (1994-2004)

1992-yil mart oyida Paralimpiya ramzi uchta elementdan tashkil topgan yangi belgiga o‘zgartirilgan. Biroq, Lillexammerda Paralimpiya tashkiliy qo‘mitasi besh elementga asoslangan marketing dasturini boshlab yuborgan. Paralimpiya ramzining yangi versiyasi 2004-yilda Gretsiyaning Afina shahrida bo‘lib o‘tgan Yozgi Paralimpiya o‘yinlaridan boshlab tarqatilgan[1] .

Paralimpiya xos belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir Paralimpiya o‘yinlari o‘z Paralimpiya emblemalariga ega. Bunda Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladigan shahar o‘z ramzini yaratadi.

Paralimpiya timsollari[8] Paralimpiya ramzi va hodisasini anglatish maqsadida bir yoki bir nechta o‘ziga xos elementlarni o‘z ichiga oladi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) Paralimpiya emblemalarini tasdiqlaydi. Paralimpiya emblemalari Paralimpiya o‘yinlari homiylarining reklama materiallarida qo‘llaniladi, sportchilarning kiyimlarida tasvirlanadi. Barcha belgilar Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasining mulki hisoblanadi.

2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi emblema tasviri
Kew Gardens London Yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Paralimpiya ramzining gulli namoyishi

Bayroq[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya bayrog'i

Paralimpiya bayrog‘i oq fonda bo‘lib, markazda Paralimpiya ramzi tasvirlangan.

Hozirgi Paralimpiya bayrog‘i birinchi marta 2004-yilda Afinada o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida namoyish etilgan.

Mash’ala va estafeta poygalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilgi Yozgi Paralimpiya o‘yinlarida tunda osmonda Paralimpiya mash’alasining ko‘rinishi

2010-yilga qadar Qishki Paralimpiya o‘yinlarida mezbon davlat Paralimpiya mash’alasini yoqishi odat bo‘lgan[5]. Biroq, 2012-yildan boshlab Yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun qoida o‘zgargan. Paralimpiya alangasi turli hududlarning chiroqlarini qamrab ola boshlagan. 2012-yilda Londondagi alanganing ko‘lami London, Belfast, Edinburg va Kardiffdagi chiroqlarni o‘z ichiga olgan. Stok Mandevilda chiroqlar birlashtirilgan. Kelajakda ushbu an’ana davom ettirilib, turli mamlakatlar o‘zaro chiroqlar bilan birlashtiriladi[6] . Paralimpiya ramziy an’anasiga asos solingan Stok Mandevil shahridagi mash’ala hamisha umumiy mash’alalar orasiga kiritilgan[7]. Paralimpiya mash’alasi butun O‘yin davomida marosim tugaguniga qadar yonib turadi, uning o‘chirilishi Paralimpiya o‘yinlari tugashini anglatadi.

Medallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya o‘yinlari bilan bog‘liq yana bir ramz Paralimpiya medallaridir. Medallar zarhal kumush (oltin medallar), kumush yoki bronzadan yasalgan. Ular O‘yinlar bilan bog‘liq aniq holatlar uchun beriladi.

Har bir Paralimpiya o‘yinlarining o‘z medallari bor.

Madhiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya bayrog‘i ko‘tarilganda Paralimpiya madhiyasi yangraydi. Madhiya musiqasi bastakor Tyerri Darnis tomonidan yaratilgan ,,Himn de l'Avenir” (,,Kelajak madhiyasi”) musiqiy asaridir. Madhiya 1996-yil mart oyida IPC tomonidan tasdiqlangan[8].


2001-yilda avstraliyalik kantri qo‘shiqchisi Grem Konnors madhiya matni muallifi hisoblanadi[9] .

Paralimpiya qasamyodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya qasamyodi har bir Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida sportchilar, hakamlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan beriladigan tantanali qasamdir.

Qasamyod qabul qilinayotganda tashkilotchi mamlakat jamoasi sportchisi Paralimpiya bayrog‘i burchagini ushlab turadi.

Sportchilar qasamyodi

Joriy Paralimpiya o‘yinlarida ularning qoidalariga hurmat ko‘rsatib, rioya qilgan holda qatnashishga va’da beraman. Musobaqalar doping va giyohvand moddalarsiz, sport raqobati ruhida, sport shon-shuhratini oshirish va jamoalar sharafi uchun o‘tkaziladi.

Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan davlatning sudyasi ham bayroqning burchagini ushlab turadi, biroq hakamlarning qasamyodi sportchilarning qasamyodidan biroz farq qiladi:

Hakamlar (mansabdor shaxslar) qasamyodi

Men barcha hakamlar va rasmiylar nomidan ushbu Paralimpiya oʻyinlarini toʻliq xolislik, hurmat va qoidalarga rioya qilgan holda, haqiqiy raqobat ruhida oʻtkazishimizga vaʼda beraman.

Murabbiylar bir oz boshqacha qasamyod qilishadi

Murabbiylar qasamyodi

Barcha murabbiylar va sportchilar jamoatchiligi nomidan Paralimpiya harakatining ta’sis tamoyillariga muvofiq sport ruhi va halol o‘yin to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga va’da beraman.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi paralimpiya qasamyodi 1960-yilda Rimda boʻlib oʻtgan birinchi Paralimpiya oʻyinlarida qabul qilingan. Paralimpiya qasamyodi Olimpiya qasamyodi bilan bir xil bo‘lib, ,,Olimpiya” so‘zlari ,,Paralimpiya” so‘zlari bilan almashtirilgan. Qasamyod Per de Kuberten tomonidan yozilgan. Birinchi qasamyod (sportchi qasamyodi) 1920-yilda Antverpendagi Olimpiya o‘yinlarida qabul qilingan. Kubertin matni bir necha marta o‘zgartirilgan. Hakamlar va mansabdor shaxslarning birinchi qasamyodi 1972-yilda Sapporoda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida o‘qib eshittirilgan[10]. Murabbiylarning ilk qasamyodi London-2012 Paralimpiya o‘yinlarida qabul qilingan.

Paralimpiya ordeni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya ordeni Paralimpiya harakatlarining oliy mukofotidir. Paralimpiya ordeni Paralimpiya harakatini rivojlantirishga alohida hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi .

Paralimpiya tumori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir Paralimpiya o‘yinlarining o‘z tumorlari bor. Ular ko‘pincha o‘yin yoki ertak qahramonlari olamida yashovchi hayvonlar figuralarini aks ettiradi. Sochidagi Paralimpiya o‘yinlarining tumori Luchik va Snejinka, Rio-de-Janeyrodagi 2016-Yozgi Paralimpiya o‘yinlarining tumori Vinisius va Tom bo‘lgan[11] .

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „New Logo and Motto for IPC“. International Paralympic Committee (2003). 2008-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  2. New Logo and Motto for IPC (Wayback Machine saytida 2012-02-13 sanasida arxivlangan), International Paralympic Committee (IPC)
  3. Firsts at the Torino 2006 Paralympic Winter Games (Wayback Machine saytida 2010-11-01 sanasida arxivlangan), International Paralympic Committee (IPC)
  4. Athlete first: a history of the paralympic movement, by Steve Bailey, Google Books
  5. Games symbols and mascots ( at getset.london2012.com Error: unknown archive URL 20100309051202 sanasida arxivlangan), Get Set — London 2012 Education Programme
  6. „Источник“ (deadlink). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
  7. Stoke Mandeville (Wayback Machine saytida 2013-12-12 sanasida arxivlangan), Stoke Mandeville to feature in all Paralympic Games Torch Relays
  8. IPC Handbook — Bylaws Governance and Organizational Structure (Wayback Machine saytida 2016-08-26 sanasida arxivlangan) (.pdf file), International Paralympic Committee (IPC)
  9. [1], International Paralympic Committee (IPC), 2001
  10. Paralympic Oath (Wayback Machine saytida 2010-06-19 sanasida arxivlangan) (.pdf file), International Paralympic Committee (IPC)
  11. „Талисманы Олимпийских игр“. 2016-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]