Paper Towns
Paper Towns (oʻzbekcha: Qogʻoz shaharlar) — yozuvchi John Greenning 2008-yilda nashr qilingan romani. New York Times jurnalining eng yaxshi kitoblar roʻyxatida beshinchi oʻrinni egallagan [1] va 2009-yilda Edgar Po nomidagi young adult turidagi eng yaxshi roman mukofotini olgan[2].
Asl nomi | Paper Towns |
---|---|
Muallif(lar) | John Green |
Mamlakat | AQSH |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 2008-yil 16-oktabr |
Nashriyot | Dutton Books |
Sahifalar soni | 305 |
ISBN | ISBN 978-0-525-47818-8 |
Veb-sayt | www.johngreenbooks.com |
Sujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maktab bitiruvchisi Kventin (Kyu) Jeykobson bolaligidan qoʻshnisi Margo Rot Shpigelmanga oshiq edi. Shuning uchun bir kuni qiz tunda uni xafa qilganlardan oʻch olishni taklif qilganida u rozi boʻladi. Ammo oʻsha tundan soʻng maktabga kelib, qiz unga sirli maktub qoldirib, yoʻqolganini bilib qoladi. Kyu qizni Floridaning qogʻoz shaharlaridan birida topish uchun bu jumboqni yechishi kerak edi. Kyu, Leysi, Ben va Radar uzoq izlanib uni topishadi. Endi ular qiz shuncha yillardan beri koʻrsatib kelgan qiyofani emas, balki haqiqiy Margo Rot Shpigelmanni bilishardi.
Ekranlashtirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 24-martida John Green Fox2000 kompaniyasi asarni ekranlashtirish huquqini sotib olganini eʼlon qiladi. Film 2015-yil 23-iyulida ekranlarga chiqariladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.nytimes.com/2008/11/02/books/bestseller/bestchildren.html
- ↑ https://web.archive.org/web/20120827143408/http://www.mysterywriters.org/files/2009_Edgar_Winners.pdf
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]http://www.johngreenbooks.com/paper-towns/