Kontent qismiga oʻtish

Panamerika oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Panamerika oʻyinlari, qisqacha Pan Am oʻyinlari, Amerika qitʼasida oʻtkaziladigan sport turlari boʻyicha musobaqa. Ilk bor 1951-yilda oʻtkazilgan. Unda minglab sportchilar turli yozgi sport turlari boʻyicha musobaqalarda gʻoliblik uchun bellashadilar. Ushbu oʻyinlar har toʻrt yilda, Yozgi Olimpiada oʻyinlari arafasida, Amerika qitʼasidagi mamlakatlar sportchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Panamerika oʻyinlari dunyoda oʻtkaziladigan ikkinchi eng qadimiy qitʼalararo sport musobaqasi hisoblanadi. Qishki Panamerika oʻyinlari 1990-yilda oʻtkazilgan. 2021-yilda esa ilk bor yosh sportchilar uchun maxsus moʻljallangan O‘smirlar Panamerika o‘yinlari tashkil etilgan[1][2][3][4].

Panamerika oʻyinlari harakatining boshqaruv organi Panamerika sport tashkiloti (PASO) hisoblanadi. Uning tuzilishi va faoliyati Olimpiya xartiyasiga muvofiq belgilanadi.

Soʻnggi musobaqa – XIX Pan American Games 2023-yil 20-oktyabrdan 5-noyabrgacha Santyagoda boʻlib oʻtdi[5]. Navbatdagi, XX Panamerika oʻyinlari esa 2027-yilda oʻtkazilishi belgilangan. 2007-yildagi XV Panamerika oʻyinlaridan buyon mezbon shahar Panamerika va Parapan Amerika oʻyinlarini birgalikda tashkil etish majburiyatini oladi[6]. Parapan Amerika oʻyinlarida nogiron sportchilar oʻzaro bellashadi va musobaqa Panamerika oʻyinlaridan keyin oʻtkaziladi.

Panamerika oʻyinlari harakati xalqaro sport federatsiyalari, PASO tomonidan tan olingan Milliy Olimpiya qoʻmitalari hamda har bir oʻyinlar uchun tuziladigan tashkiliy qoʻmitalardan iborat. Qaror qabul qiluvchi organ sifatida PASO har bir oʻyinlar mezbonini tanlaydi. Mezbon shahar Olimpiya xartiyasi va qoidalariga muvofiq oʻyinlarni tashkil etish va moliyalashtirishga mas’ul hisoblanadi. Panamerika oʻyinlari dasturi, yaʼni musobaqaga kiritiladigan sport turlari roʻyxati ham PASO tomonidan belgilanadi.

Oʻyinlarning oʻtkazilishi oʻziga xos ramzlar va marosimlarni oʻz ichiga oladi, jumladan bayroq va mash’ala, ochilish va yopilish tantanalari. Panamerika oʻyinlarida 36 sport turi va qariyb 400 musobaqada 5 mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi. Har bir musobaqada birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan sportchilar mos ravishda oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlanadi.

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilgi musobaqa holatiga koʻra, Panamerika sport tashkiloti tomonidan tan olingan Milliy Olimpiya qoʻmitasiga ega boʻlgan 35 ta davlat va 6 ta hudud Panamerika oʻyinlarida ishtirok etadi[7].

  1. „Monterrey busca sede para Juegos Panamericanos Jr“ (es). Radio Centro Deportes (2019-yil 17-yanvar). 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  2. „México muestra interés para Panamericanos Junior 2021“ (es). Mexican Olympic Committee (2019-yil 17-yanvar). 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  3. „Panam Sports organizará Panamericanos Júnior y sopesa Panamericanos de Playa“. La Vanguardia. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  4. „PANAM SPORTS BEGINS IMPLEMENTATION OF STRATEGIC PLAN“. Pan American Sports Organization. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  5. „Panamupdates“. Panamupdates. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
  6. „Parapan American Games“. Americas Paralympic committee. 2011-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-iyul.
  7. „Games-Pan Am Games come to predictable end but face uncertain future“. Reuters. Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.