Pana joy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pana joy (harbiy ishda) — kishilarni turli zaharlovchi moddalar, snaryad, aviatsiya bombasi, atom qurollari va h.k.dan muhofaza qilish uchun moʻljallangan muhandislik inshooti. Pana joy yogʻoch, beton, temir-beton yoki toshdan quriladi. Aholi yashaydigan joylarda, odatda, aholini muho-faza qilish uchun alohida qurilgan yoki fuqaro va sanoat binolarining yertoʻlalarida qurilgan turli xil Pana joylar boʻladi. Qoʻshinlarning shaxsiy tarki-bini himoya qilish uchun esa vzvod, rota, artilleriya va minomyot batareyalari, kuzatish vatibbiy punktlaruchun kotlovan yoki yer osti Pana joylar quriladi. Kotlovan tipidagi Pana joylarning ustiga toʻkilgan tuproqning qalinligi 150 sm va undan qalin, yer osti tipidagi Pana joy ustidagi tuproqning qalinligi 4 m va undan qalin boʻlishi lozim. Dala sharoitidagi Pana joylar 20— 30 kishi va undan koʻproqqa moʻljallab quriladi (yana qarang Bombapana).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil