Pallastunturi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pallastunturi tog'lar guruhi

Pallastunturining bahorgi manzarasi
Joylashuvi Laplandiya, Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
Koordinatalari: 68°4′29″N 24°3′14″E / 68.07472°N 24.05389°E / 68.07472; 24.05389 G O
Finlandiya xaritasi

Pallastunturi — Finlandiyaning Laplandiya hududiga qarashli Muonio va Enontekiö munitsipalitetlarida joylashgan yetti choʻqqidan iborat togʻlar guruh. Eng baland choʻqqisi — 809-metr (2,654 ft) boʻlgan Taivaskero choʻqqisi boʻlib, u Kasivarsi hududidan tashqari butun Laplandiya va Pallas-Illästunturi milliy bogʻining eng baland choʻqqisi hisoblanadi[1].

Turizm rivoji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pallastunturi hududidagi daraxtlar Pallas-Yllästunturi milliy bogʻida joylashgan boʻlib, mazkur milliy bogʻ 1938-yilda tashkil etilgan. Pallastunturi qirlari Finlandiyaning 27 nafar milliy landshaftlari roʻyxatiga kiritilgan va hukumat himoyasiga olingan[2].

Pallastunturi mehmonxonasi 1938-yilda sharshara yaqinida bunyod etilgan. Funksionalistik uslubda qurilgan ushbu bino 1944-yil oktyabr oyida Laplandiya urushi vaqtida nemis qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan. 1948-yildan uning oʻrniga yangi qurilgan mehmonxona oʻz faoliyatini boshladi[3]. Mazkur mehmonxonaga asosan qish oylarida tashrif buyuruvchilar soni ortadi. Ular qutb kunlarida paydo boʻladigan shimol yogʻdusidan bahramand boʻlish va Rojdestvo bayramini nishonlash maqsadida bu yerga tashrif buyuradilar.

1952-yilgi Olimpiya olovi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952 yil 6-iyul yarim tunda Taivaskero choʻqqisi tepasida 1952-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarining ikkinchi Olimpiya mash’alasi yoqildi. Mash’ala qutb kunlarida chiqadigan quyosh nuri bilan hosil qilingan va Tornio shahriga olib borilgan hamda u yerda Gretsiyaning Olimpiya shahrida yoqilgan asosiy mash’ala bilan birlashtirilgan[4][3]. Yunon olovi Gretsiyadan Daniyaga olib borilgan va keyinchalik yuguruvchilar jamoasi mash’ala estafetasi davomida uni Shvetsiya orqali Finlandiyaga olib oʻtganlar[5].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sights around Pallastunturi Fell Outdoors.fi. Retrieved 8 February 2014.
  2. Meaningful National Landscape (Wayback Machine saytida 2022-10-11 sanasida arxivlangan).
  3. 3,0 3,1 Pallas (Wayback Machine saytida 2016-01-03 sanasida arxivlangan) Lapland Hotels. Retrieved 8 February 2014.
  4. „Torch Relay 1952“. Olympic Games Museum. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  5. „Helsinki 1952 Torch Relay“. Olympic.org. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]