Kontent qismiga oʻtish

Paleoekologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Paleoekologiya (paleo – qadimgi va ekos – uy-joy logos – taʼlimot) – paleontologiya fanining boʻlimi. Koʻhna geologik davrlarda yashagan hayvonot va oʻsimliklarning oʻsha vaqtdagi yashash muhiti (iqlim va geologik omillar) bilan oʻzaro munosabatini, qirilib ketgan jonzotlarning hayoti va yashash sharoitlarini oʻrganadi. Paleoekologiya choʻkindi yotqiziqlarini fatsial taxlil qilishda muhim hisoblanib, ularning litologik tarkibi bilan uzviy bogʻliqdir. Paleoekologiyaning rivojlanishiga rus olimi, paleontolog V. O. Kovalevskiy, belgiyalik olim L. Dollo va avstriyalik O. Abel katta hissa qoʻshgan. Qadimiy organizmlar yashash sharoitini oʻrganishda, asosan, ularning skelet qoldiqlarini oʻrganish (morfofunksional analiz) usuli qoʻllanadi. Qadimiy hayvonlar yashagan sharoitlarini oʻrganib, paleoekologiya paleontologiya hamda geologiya uchun baʼzi foydali qazilmalar paydo boʻlishi sharoitlarini aniqlash va oʻxshash sharoitlarda hosil boʻlgan turli foydali qazilmalar konini bashorat etishda qoʻllanadi[1].

  1. „Paleoekologiya“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (P-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.