Palearktika oblasti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palearktika oblasti, Palearktika (yunoncha: palaios — qadimgi va arktros — shimoliy) — quruklik zoogeografiya oblasti. Yevropa, Shimoliy Afrika (jumladan, Saxroi Kabir), Arabiston yarim orol (jan.dagi togʻliq qismidan tashqari), Osiyoning Hind va Yanszi daryolari hamda Himolay togʻlarigacha boʻlgan moʻʼtadil va sovuq iqlimli hududlarni oʻz ichiga oladi. Palearktika oblastiga Tinch okeandagi Komandor, Kuril, Saxalin va Yaponiya o.; Atlantika okeanidag" Islandiya, Yashil Burun, Kanar, Madeyra va Azor o. ham kiradi. Hayvonot dunyosi Nearktika oblastinikiga oʻxshaydi. Shuning uchun koʻpchilik zoogeograflar P. va nearktika oblastlarini yagona Golarktika oblastiga birlashtirishadi. Palearktika oblasti Arktika, Sirkumboreal, Oʻrta dengiz boʻyi, Markaziy Osiyo va Xitoy-Himolay kichik oblastlariga ajratiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil