Kontent qismiga oʻtish

Palandoken togʻi

Koordinatalari: 39°50′56″N 41°17′03″E / 39.84889°N 41.28417°E / 39.84889; 41.28417
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Palandoken tog‘i

2009-yil avgustida Palandoken tog‘i, Arzirum shahar markazidan ko‘rinishi
Joylashuvi Arzirum, Turkiya
Koordinatalar 39°50′56″N 41°17′03″E / 39.84889°N 41.28417°E / 39.84889; 41.28417
Balandligi 3271 m


Palandoken tog‘iArzirum shahrida joylashgan, 3 125 metr balandlikka ega tektonik tog‘dir. Uning cho‘qqisi Arzirum shahridan taxminan 10 km janubda joylashgan bo‘lib, atrofdagi hududning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Tog‘ning Başköy hududida chang‘i kurorti mavjud.

Uning nomi “palan” (eshak semeri) va “döken” (to‘kadigan, ag‘daradigan) so‘zlaridan tuzilgan. Bu atama eshak palaniga osilgan xurjunlarning tog‘ning tik yo‘llarida ag‘darilib ketishiga ishora (kinoya) sifatida ishlatilgan.

Alpinizm va sport mashg‘ulotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arzirum shahar markazining 1 850 metrga yetadigan balandligi va tog‘ning tizma tog‘ shaklida bo‘lishi sababli, u Turkiyadagi 3 000 metrdan baland boshqa tog‘lar kabi juda ulkan ko‘rinmaydi. Biroq mifologiyada, ayniqsa Onadoʻli hududidagi ko‘plab afsonalarda uning nomi tez-tez tilga olinadi.

Texnik timashish nuqtayi nazaridan alohida murakkabligi bo‘lmasa-da, qish mavsumida boshqa 3 000 metrlik tog‘larda bo‘lgani kabi, barcha ehtimollarni hisobga olib, zarur texnik jihozlar bilan chiqish tavsiya etiladi. Tog‘ning ayrim tik yo‘nalishlari hududda qishlar juda sovuq va keskin kechishi sababli xavfli bo‘lishi mumkin. Arzirum shahar markazidan 3 125 metrli cho‘qqiga olib boradigan eng qulay va oson yo‘l esa chang‘i markazi orqali o‘tadi.

Arzirum shahar markazidan taxminan 4 km uzoqlikda joylashgan, 2 100 m balandlikdagi mehmonxonalar hududida barcha zarur ehtiyojlarni qondirish mumkin bo‘lgan sharoitlar mavjud. Xavfsizlik nuqtai nazaridan jandarma 24 soat xizmat qiladi. Ushbu hudud lager (kamp) qurish uchun ham juda qulay. Avtomobil yo‘li orqali undan ham yuqorida joylashgan boshqa mehmonxonalar hududiga chiqiladi. Bu joy 2 450 m balandlikda bo‘lib, shu nuqtadan keyin kanat yo‘li (telesiyej) liniyasi bo‘ylab tizma orqali cho‘qqiga yetib boriladi. Yana bir yo‘l esa tog‘ning janubiy yonbag‘rida joylashgan Başköy qishlog‘i orqali cho‘qqiga olib boradi. Bu marshrut ham texnik jihatdan murakkab tirmashishni talab qilmaydi.

Palandoken tog‘larining eng baland nuqtasi Büyükejder Tepesi deb ataladi. Bu yerda aloqa minoralari va maxsus bir korxona kafeteriyasi mavjud bo‘lib, chang‘i mavsumida kanat yo‘li (telesiyej) orqali cho‘qqiga chiqish mumkin. Cho‘qqidan tushadigan yo‘l bo‘yida, 2 500 metr balandlikda, Ejder Lifti tugash joyida ham maxsus kafeteriya mavjud.

Shuningdek, Palandoken tog‘i va Arzirumdagi turli inshootlar hamda chang‘i markazlari 2011-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon Universitetlararo Qishki O‘yinlariga mezbonlik qilgan.[1]

O‘simlik dunyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faqat Palandoken tog‘iga xos bo‘lgan Campanula palandokenensis gullari may oyida uchraydi.[2]