Pak In No
Pak In No (adabiy taxallusi – Noge) (1561-yil 8-noyabr Yonchxon viloyati – 1643-yil 25-yanvar) – koreys shoiri. Koreys adabiyotidagi kasa (doston) va sijo (uch misra) kabi poetik janrlarda ijod qilgan. Yapon bosqinchilariga qarshi boʻlgan Imjin ozodlik urushi (1592— 98) qatnashchisi. Vatanparvarlik ruhidagi „Tinchlik haqida soʻz“ (1598), „Kemadagi oʻylar“ (1605), „Yonnam haqida qoʻshiq“ (1635) kabi dostonlar muallifi. 1605-yildan qarbiy xizmatni tashlab, yakka, xilvatda yashay boshlagan; bu holat uning tabiat manzaralari tasvirlangan eng yaxshi dostonlarida („Ovloq koʻcha qaqida toʻrtliklar“, „Noge manzili haqida qoʻshiq“, taxminan 1610—11) oʻz ifodasini topgan. Xanmun (xitoy adabiy tilining koreyslashgan shakli)da yaratilgan 7 kasa, 68 sijo va boshqa sheʼrlar „Nogelik oʻqituvchining asarlar toʻplami“ (1—3kitoblar, 1800-yilda nashr etilgan)ni tashkil etadi. 1961-yilda Jaxon Tinchlik Kengashi qaroriga muvofiq shoir tavalludining 400 yilligi nishonlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |