Pak chi von

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pak Chi Vondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Pak chi von (taxallusi Yonam) (1737.5.3 - Seul - 1805.10.12) - koreys yozuvchisi, krmusiy olim. Sirhaq (aniq fanlar) oqimining yirik namoyandasi. Tabiiy fanlar, iqtisodiyot, falsafa, tarix, harbiy sanʼatga oid asarlar muallifi. Tabiiy materialist sifatida geliotsentrik nazariyani qoʻllab-quvvatlagan. Yerdan foydalanishdagi tartibni qayta qurish loyihalarini taklif etgan ("Dehqonchilik haqida risola", 1799); xalqni maʼrifatli qilishga daʼvat etgan, lekin konfutsiychilik tarafdori sifatida mazkur gʻoyalarni amalga oshirish maʼrifatli podshohning vazifasi deb hisoblaydi. P. Ch. V.ning adabiy merosi koreys adabiyotidagi realistik yoʻnalishning rivojlanishida muqim rol oʻynagan. Ilk hajviy novellalari ("Pangyonyuk ibodatxonasining norasmiy tarixi" toʻplami)da davrning ijtimoiy muammolari aks etgan. Koʻp jildli "Jexey kundaligi" (1—26kitoblar, taxm, 1783) olimning 1780 yilda Xitoyga qilgan sayohati taassurotlari asosida yozilgan. Unda "Yoʻlbarsning qaqshatqich zarbasi" hajviy allegoriyasi va "Xo Sen haqida qissa" utopik asari oʻrin olgan. Tabiat manzaralari tasvirlangan va falsafiy lirikasi vatanga muxabbat ruhi bilan yoʻgʻrilgan. Adabiy-tanqidiy maqolalarida adabiyotning ijtimoiytarbiyaviy ahamiyati taʼkidlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil