Padmapriya Janakiraman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Padmapriya Janakiraman
Tavalludi
Padmapriya Janakiraman

1983 (yoshi 40–41)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
Faoliyat yillari

2003—2017-yillar


2022-hozirga qadar
Turmush oʻrtogʻi
Jasmine Shah (turm. 2014)

Padmapriya Janakiraman - (1983-yilda tugʻilgan) Padmapriya nomi bilan yaxshi tanilgan, hind aktrisasi va modeli boʻlib, u asosan Malayalam va Tamil filmlarida hamda bir nechta telugu filmlarida suratga tushadi. U bharatanatyam raqqosasi boʻlgan[1], Padmapriya 2003-yilda telugu tilidagiSeenu Vasanti Lakshmi“ filmida aktyorlik debyutini qilganManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Padmapriya Dehlida Hindiston armiyasi brigadiri Janakiraman va Vijaya oilasida tugʻilgan aktrisadirManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name[2]

U Kendriya Vidyalaya, Trimulgherry, Secunderabad, TelanganadaManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name maktabda oʻqigan va Loyola akademiyasida, Alval, Sekunderobodda oʻqigan va uni B.Com darajasi bilan tamomlagan[3]. Keyinchalik u KIAMS, Harixarda moliya boʻyicha MBA darajasini oldi. Keyin u GE Capital’da Bangalor va Gurgaonda xavf-xatar boʻyicha maslahatchi sifatida ishlab kelgan[2]. GEdan keyin u Bangalorda Symphony bilan birga edi. Boʻsh vaqtida u modellik bilan shugʻullanadi, bu esa keyinchalik kino biznesiga va aktyorlik sari yoʻl ochadi. U 2001-yilda Andxra Pradesh Missini ham yutgan. Padmapriya Andxra-Pradeshda 12-sinfda oʻqiyotganda musiqa albomini yaratadi.

Shuningdek, u Hindiston universiteti Milliy yuridik fakultetining ekologiya huquqi boʻyicha PG diplomiga ega boʻlgan[4] va New-York universitetining davlat boshqaruvi magistr boʻlgan aktrisa. 

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Padmapriya 2009-yil.

Padmapriya 2003-yilda Malayalam tilidagi „Vasanthiyum Lakshmiyum Pinne Njaanum“ filmining remeyki „Seenu Vasanthi Lakshmi“ nomli telugu filmida aktyorlik mahoratini mohirona koʻrsatilgan holda debyutni qilgan. U filmda koʻr erkakning jinsiy ekspluatatsiya qilingan kambagʻal singlisi rolini oʻynagan. Padmapriyaning aytishicha, u bu taklifni „doʻstlik uchun“ qabul qilgan ekan. Bu uning oʻsha yili Mammutti bilan birga Kaajcha filmida bosh rolni ijro etgan Malayalam kino sanoatiga kirishiga imkon berdi. Gujaratdagi zilzila qurboni boʻlgan, boshqa bolasini sigʻdira olmayotgan yosh qizning onasi obrazi uchun u yuqori baholarga sazovor boʻldi va yilning eng yaxshi ayol yangi yuzi uchun Asianet mukofotiga sazovor boʻldi[5].

2005-yilda u oʻzining tamil tilidagi birinchi filmi „Tavamai Thavamirundhu“da rol oʻynadi, bu dramada oilaviy rishtalar, ota-oʻgʻil munosabatlari tasvirlangan va u aktyor-rejissyor Cheran bilan birga boʻlgan. U filmda oddiy kollej qizi rolini oʻynadi, u juda ijobiy baholarga sazovor boʻldi va Hindistonning yirik mukofotlash marosimlarida bir qancha mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan Milliy kino mukofoti (Oila farovonligi haqidagi eng yaxshi film uchun). Padmapriyaning oʻzi ham tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan ijrosi uchun eng yaxshi debyut aktrisa uchun Filmfare mukofotiga sazovor boʻldiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name. Keyinchalik u Mammutti bilan birga yana Malayalam filmi Rajamanikyamda rol oʻynadi. Rahman va Sindxu Menon ishtirok etgan komediya filmi muvaffaqiyatli boʻldi va shon — shuhratga erishdi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Multi-faceted artiste“. The Hindu (22-aprel 2009-yil). 25-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2009-yil.
  2. 2,0 2,1 „Padmapriya – "I have a soft corner for Siddharth"“. Behindwoods. Qaraldi: 14-noyabr 2009-yil.
  3. „Padma Priya“. primetimeprism.com. 19-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2009-yil.
  4. „Linkedin Credentials“.
  5. Life Kochi : Kazhcha bags Asianet award for best film. The Hindu (19 March 2005). Retrieved 31 March 2012.
  6. „Malayalam cinema ready for Vishu“. Qaraldi: 14-noyabr 2009-yil.