Pablo Dorado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Futbol
Pablo Dorado
Umumiy maʼlumotlar
Tugʻilgan sana va joyi 1908-yil 22-iyun(1908-06-22)
Urugvay, Montevideo
Oʻlimi 1978-yil 18-noyabr(1978-11-18) (70 yosh)
Urugvay, Montevideo
Fuqaroligi Flag Urugvaya Urugvay
Boʻyi 175 sm
Ampulasi Hujumchi
Klubdagi faoliyati[* 1]
1927—1931 Flag Urugvaya Belya Vista 101 (29)
1931—1935 Flag Argentini (1812—1985) River Pleyt 100 (20)
1936—1940 Flag Urugvaya Belya Vista 89 (24)
Terma jamoada[* 2]
1929—1932 Urugvay Urugvay 7 (3)
Xalqaro medallar
Jahon chempionati
Oltin Urugvay 1930
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

Pablo Dorado (ispancha: Pablo Dorado)—urugvaylik futbolchi, hujumchi.1930-yilda birinchi jahon chempioni boʻlgan Urugvay terma jamoasi futbolchisi.Jahon chempionati finallari tarixidagi ilk gol muallifi.

Futbolchilik faoliyatini 1920-yillarning oʻrtalarida poytaxtning „Beya Vista“ jamoasida boshlagan.1927-yildan 1931-yilgacha „Belya Vista“ jamoasi safida toʻp urgan.1929-yildan 1932-yilgacha u Urugvay milliy terma jamoasida yettita oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan[1].Dorado gʻalaba qozongan 1930-yilgi jahon chempionatida uchta oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi, shu jumladan Argentina terma jamoasiga qarshi finalda 12-daqiqada hisobni ochdi.Ernesto Maskeroni bilan birga chempion jamoaning eng yosh futbolchilaridan biri edi.Pablo Dorado Urugvay terma jamoasi tarkibida 7 oʻyinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.Bu gollari birinchi jahon chempionatida Ruminiyaga 1 ta, finalda Argentinaga 1 ta gol uradi.1932-yil 18-mayda Argentina terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 1 ta gol uradi.

Jahon chempionatidan soʻng Pablo Dorado „Belya Vista“ jamoasidan Argentinaning „River Pleyt“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va u yerda 1932-yilda Argentina chempioni boʻldi."River Pleyt" jamoasi tarkibida 100 ta oʻyinda 20 bor raqib darvozasini ishgʻol qilgan."River Pleyt" jamoasida 1931-yildan 1935-yilgacha faoliyat yuritgan.Keyinchalik yaʼni 1936-yil oʻzining ilk jamoasi „Belya Vista“ jamoasiga qaytdi va 1940-yilgacha shu jamoada toʻp surdi.1940-yil professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagan."Belya Vista" jamoasiga ikkinchi qaytishidagi faoliyati davomida ancha mazmunli toʻp surgan."Belya Vista" jamoasida 362 marta maydonga tushib raqiblar darvozasini 53 bor nishonga olgan.Umuman klublar miqyosida 462 oʻyinda 73 ta gol uradi.1978-yil 18-noyabr Urugvay poytaxti Montevideoda 70 yoshda vafot etdi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Luis Fernando Passo Alpuin „Uruguay - Record International Players“ (inglizcha). RSSSF (6-mart 2012-yil). 2-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2013-yil.

2.Profil na sayte FIFA.com (angl.)

3.Profil na mediotiempo.com

4.Profil igroka na once-onze